So’nggi yangiliklar

01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  3 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  1 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 00:01"Реал" — "Боруссия Дортмунд". Таркиблар маълум  8 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  160 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  44 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  5 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  1

Futzal. Xolbek Yo'ldoshev: “Nasib qilsa, bu mavsum ham munosib ishtirok etamiz” Yangiliklar

Futzal. Xolbek Yo'ldoshev: “Nasib qilsa, bu mavsum ham munosib ishtirok etamiz”

O'tgan mavsum futzal bo'yicha mamlakat chempionati va kubogida Qarshining “Do'stlik-AIN” jamoasi shov-shuv ko'targan edi.
Qarshiliklar yangi mavsumga ham qizg'in tayyorgarlik olib bormoqdalar. SHu munosabat bilan jamoa bosh murabbiyi Xolbek Yo'ldoshevni suhbatga chorladik.

- Jamoa yangi mavsumga qay tarzda tayyorgarlik ko'rmoqda?
- Ayni paytda Qarshi shahrida yig'in o'tkazayapmiz, tayyorgarlik jarayonini ancha oldin boshlaganmiz. Iyul oyining ikkinchi yarmida Qarshida plyaj futboli bo'yicha VIII O'zbekiston Kubogi va O'zbekiston chempionati bahslari bo'lib o'tdi. Ana shu bellashuvlarda qatnashgan “Do'stlik-AIN” jamoasi har ikki turnirning finalida Qarshining boshqa bir jamoasi “Nasaf”ni mag'lub etib, o'ziga hos dubl qayd etdi. Sohil futboli musobaqalari o'z nihoyasiga etgach, futzal mavsumiga tayyorgarlikni boshlab yubordik.

- Tarkibda o'zgarishlar bormi?
- O'tgan mavsumda asosiy ustunlarimiz bo'lgan darvozabon Akmal Xazratqulov hamda hujumchimiz Alisher Ibragimovlarni jamoada olib qoldik, vaholanki, bu o'yinchilarga etarlicha takliflar tushgan edi. Lekin, bazi futzalchilarimizni qo'yib yubordik, Alisher Yusupov, Jasur O'runov va Baxtiyor Baratovlar “Kogon” tarkibiga borib qo'shilishdi. Ularga yangi jamoalarida omad tilab qolaman. Ketganlarni o'rnini to'ldirish uchun boshqa klublardan futzalchi sotib olmaymiz, balki maxalliy o'yinchilar jalb qilinadi.

- Moliyaviy muammolar bartaraf etilganmi?
- Afsuski, klub moliyaviy tomondan jiddiy muammoga duch kelgan, hozirgacha homiy topilgani yo'q. Bu yil ham harajatlarni o'z cho'ntagimdan ko'tarishimga to'g'ri keladi. Nasib qilsa, bu safar ham munosib ishtirok etamiz.

- Yig'in doirasida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilayaptimi?
- Yaqindagina “Kogon” jamoasi bilan Qarshida o'rtoqlik o'yini o'tkazdik va 5:2 hisobida g'alaba qozondik. Bundan tashqari, yana bir nechta klublar bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishni mo'ljallaganmiz.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика