Futzal. U-20 Osiyo chempionatida chorak finalchilar ma'lum

Xayrulla Xoliqov
17 iyun 2019, 14:04
Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionatida guruh o'yinlari yakuniga etdi.

Shunday qilib musobaqada ishtirokini boshlagan 12ta jamoadan to'rttasi turnir bilan xayrlashdi. Musobaqani tark etgan jamoalar: Gonkong, Qirg'iziston, Tojikiston va Xitoy Taypeyi. 

O'tgan yil bizni musobaqadan chetda qoldirgan Tojikiston yoshlar termasi ham guruhdan chiqa olmadi. Guruh g'oliblari: Eron, Tailand, Yaponiya, Indoneziya. Guruhdan 2-o'rin bilan chiqqan jamoalar: Afg'oniston, Livan, Iroq, Vetnam. 

Chorak final juftliklari: 

Eron - Livan

Tailand - Afg'oniston

Yaponiya - Iroq

Indoneziya - Vetnam 

Chorak final bahslari ertaga, 18 iyun kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia