So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  4 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

Futzal: Terma jamoa Tashkent Cup-2014 turniriga tayyorgarlikni davom ettirmoqda Yangiliklar

Futzal: Terma jamoa Tashkent Cup-2014 turniriga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi dekabr oyi boshida Toshkentda bo'lib o'tadigan Tashkent Cup-2014 xalqaro turniriga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini boshladi.
Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoa 19 noyabr kuni Toshkentda yig'inga kirishdi va turnir startigacha mashg'ulotlar o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, Tashkent Cup-2014 xalqaro turniri 1-3 dekabr kunlari Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida bo'lib o'tadi. Unda, O'zbekiston terma jamoasidan tashqari, Belarus, Qozog'iston va Ozarbayjon terma jamoalari ishtirok etishadi.

Malumot o'rnida, Toshkentdagi yig'inga Bahodir Ahmedov jami 16 nafar o'yinchini taklif etgan. Ulardan 14 nafari esa turnirda ishtirok etuvchi yakuniy ro'yxatga kiritiladi.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bungacha 12-15 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida yig'in o'tkazgan va BAA terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan edi. BAAga qarshi o'tkazilgan ikkala uchrashuv ham O'zbekiston terma jamoasi g'alabasi bilan yakunlangan - 3:1 va 3:0.

O'zbekiston terma jamoasining Toshkentdagi yig'inida ishtirok etayotgan o'yinchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Rustam Umarov (Olmaliq), Akmal Xazratqulov (Dustlik-AIN)
Maydondagi o'yinchilar: SHuxrat Tojiboev (Gansu Mass, Xitoy), Javlon Anorov (Olmaliq), Konstantin Sviridov (Olmaliq), Eldor Xoshimov (Ardus), Timur Sadirov (Ardus), Davron CHoriev (Ardus), Davron Abdurahmonov (Ardus), Sarvar SHoaxmedov (Lokomotiv), Alan Aminov (Ardus), Dilshod Raxmatov (Gansu Mass, Xitoy), Farxod Abdumavlonov (CSKA, Qozog'iston), Dilshod Irsaliev (Ardus), Andrey SHlema (Olmaliq), Artur Yunusov (Ardus).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика