Futzal. Terma jamoa murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassislar ish boshladi
27 jan 2016 10:28
Yangiliklar


Futzal. Terma jamoa murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassislar ish boshladi
Terma jamoa murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassislar ish boshlashdi. Endi qita birinchiligi yakuniga qadar ispaniyalik Arkait Sisniega Gomez fitness murabbiy, braziliyalik Anholeto Aleksandre esa fizioterapevt sifatida ish olib boradi.
Arkait Sisniega Gomes 2013 yilda Ispaniyaning “Debabrena” klubida fitness murabbiy sifatida ish olib borgan, 2014 yilda esa “Kustom” klubida biomexanika bo'yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.
Anholeto Aleksandre 2013-2015 yillarda qadar “Nogoaya Oushens” futzal klubida, 2015 yil esa “CHonburi” futzal klubida fizioterapevt lavozimida ishlagan.
Har ikki mutaxassis bilan Osiyo chempionati yakuniga qadar shartnoma tuzilgan, agar O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritsa, ular bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytiriladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida Livan, Qirg'iziston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan birga "A" guruhida kurash olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar