So’nggi yangiliklar

16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  1 16:34FourFourTwo портали АПЛ тарихидаги энг яхши дарвозабон номини эълон қилди, бу Шмейхель эмас  3 16:12Манба: Эмери Феликсга ҳар куни қўнғироқ қилмоқда  2 15:50Перуда ғалати ҳодиса: футболчи ўйин пайтида қовуғини бўшатди  3 15:28Клопп қайтмоқда!  4 15:07Холанд: "Қизиқчи йигит"  1 14:53Сунъий интеллект АПЛнинг барча даврлар рамзий термасини тузди  19 14:32"Навбаҳор" – "Бунёдкор" учрашувини ким шарҳлаб боради?  6 14:15"Майдонга туш азартда, кўзинг қизил ғазабда!"  1 14:05"Пахтакор" Абдуманноповнинг дубли эвазига "Локо"ни таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:55Элит ОЧЛ. "Пахтакор"нинг 1-турдаги рақиби сафидаги энг машҳур легионер ким? У Жаҳон ва Европа чемпионатларида гол урган  6 13:42Елкасидан жароҳат олган Сардор Рашидовнинг ҳолати қандай?   10 13:25Наманган вилояти ҳокими ўринбосари "Навбаҳор"га ҳомийлик учун пул олиб, шахсий манфаатларига ишлатиб юборгани аниқланди  40 12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  8 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  2

Futzal. "Tasisat Daryoi" - "Olmaliq" 4:3 Yangiliklar

Futzal. "Tasisat Daryoi" - "Olmaliq" 4:3

Teglar :  OlmaliqFutzal
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati "B" guruhi vakillari "Tasisat Daryoi" va "Olmaliq" birinchi tur doirasidagi uchrashuvni o'tkazishdi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

"B" guruhi

1-tur, 15.07.2016

"Tasisat Daryoi" - "Olmaliq" 4:3

Gollar: H.Toyibi 4, 38, S.Abbasi 16, 32 - F.Abdumavlonov 12, 13, J.Anorov 39


"Tasisat Daryoi" (birinchi beshlik): 12.Mustafo Nazari, 8.Alirizo Vafoi, 9.Vohid SHamsai, 14.Qosim Orouji, 15.Hussayin Toyibi
Zaxira:
1.Mehdi Mustafoei, 3.Muhsin Montazemi, 5.Majid Hojibandeh, 7.Muhammad SHajari, 10.Raisi Majid, 11.Said Ahmad Abbosi, 13.Muhammad Zori, 16.Vohid Seifan.

"Olmaliq" (birinchi beshlik):
1.Rustam Umarov, 2.Farhod Abdumavlonov, 4.SHuhrat Tojiboev, 13.Davron CHoriev, 14.Konstantin Sviridov.
Zaxira:
3.Feruz Faxriddinov, 5.Maqsud Fayzullaev, 6.Javlon Anorov, 7.Xurshid Umaraliev, 8.Jasur Sodiqov, 9.Andrey SHlema, 10.Jamoliddin SHaripov, 11.Sunnat Kuralov, 12.Klim Tyugaev.



Uchrashuv yakunlandi! O'yinda "Tasisat Daryoi" g'alaba qozondi - 4:3. "Olmaliq" futzalchilariga ajoyib o'yin uchun rahmat deb qolamiz.

39 - Gooooolllll, Javlon Anorovvvv, 4:3. Nazaridan qaytgan to'pni Anorov darvozaga joylab qo'ydi.

38 - Gol, Husayn Toyibi hisobni o'zgartirdi, 4:2.

35 - Gol, lekin hakam forslarning qo'l bilan urgan golini inobatga olmadi.

34 - Zarbaaa, bu safar darvoza ustuni bizni goldan saqlab qoldi.

33 - Abbasi bir harakat bilan himoyachidan o'tib ketdi, bu safar ham Umarov qutqardi.

32 - Abdumavlonov jarohat oldi.

32 - Gol, Said Abbasi o'zining ikkinchi, jamoasining uchinchi golini urdi, 3:2.

31 - Muhammad SHajarining urinishi darvozabonimiz sabab besamar ketdi.

30 - SHlema to'pga eta olmadi, aks holda birga-bir chiqqan bo'lardi.

29 - "Olmaliq" ustozi taym-aut oldi.

27 - Zarbaaa, Abdumavlonovning aniq va xavfli zarbasini Nazari qaytardi.

27 - SHamsaining navbatdagi zarbasini ham Rustamjon urib yubordi.

26 - SHamsaining kuchli zarbasini Umarov qaytardi.

25 - Zabaaa, Sviridovning ikkita zarbasini Mustafa Nazari qaytardi.

25 - Fayzullaevning zarbasini darvozabon qaytarib qoldi.

22 - SHamsaining kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

21 - Zarbalaaar, Rustam Umarov SHamsai, Toyibi va Vafoilarning uchta zarbasini qaytardi. Barakalla Rustam!

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

Kesin o'tayotgan o'yinda birinchi bo'limning so'nggi daqiqasi boshlandi.

18 - "Tasisat" bosh murabbiyi taym-aut oldi.

17 - Said Abbasi bu safar darvoza to'sinini poyladi.

16 - Gol, 2:2. Said Ahmad Abbosi hisobni tenglashtirdi.

16 - Qosim Oroujining zarbasi yuqoriga ketdi.

15 - Zarbalarrr, SHamsai ketma-ket uchta zarba berdi. Barchasida Umarov o'z o'rnida.

14 - Jamoliddin SHaripovning chalqancha zarbasiga aniqlik etishmadi.

14 - Aleksandr Petrov taym-aut oldi.

13 - Gooooooolllll, Abdumavlonovvvv, 1:2. "Olmaliq" futzalchilari ketma-ket ikkita to'p kiritib oldinga o'tib olishdi.

12 - Goooooooollll, Farhod Abdumavlonovvv, 1:1.

11 - Maqsud Fayzullaevning zarbasi noaniq.

11 - Toyibining zarbasi noaniq ketdi.

10 - Forslarning himoyasini yorib o'tishni imkoni bo'lmayapti.

9 - Said Ahmad Abbosi jarohat oldi.

O'yin ancha tenglashdi.

7 - "Tasisat" aynan shu daqiqada birinchi folni ishlatdi.

6 - Anorovning pasidan keyin Tojiboev to'pga birozgina eta olmadi.

5 - Zarbaaa, SHamsaining navbatdagi zarbasini Umarov qaytardi.

5 - Eronliklar bosimni kuchaytirishmoqda.

4 - Gol, "Tasisat Daryoi" hisobda oldinga chiqib oldi - 1:0.

4 - Hussayn Toyibining zarbasi shundoqqina darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

3 - SHamsaining zarbasini Umarov qaytardi. Aleksandr Petrov ikkinchi to'rtlikni tushirdi. Javlon Anorov, Maqsud Fayzullaev, Jasur Sojiqov va Feruz Faxriddinovlar tushishdi.

2 - "Olmaliq" burchak zarbasidan foydalana olmadi.


Uchrashuv boshlandi.

Bugun "Tasisat Daryoi" yashil, "Olmaliq" esa ko'k formada harakat qiladi.

Livan chempioni "Al Mayadin" vakillari raqiblarni kuzatish uchun tashrif buyurishgan.

Uchrashuvni bevosita tomosha qilishni istaganlar quyidagi link orqali kuzatib borishlari mumkin. Video TAS-IX hududida emas.


Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.

"Olmaliq" o'yindan oldin chigalyozdi mashqlarini davom ettirmoqda.

Jamoalar tarkibi elon qilindi.


Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика