So’nggi yangiliklar

23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1

Futzal. SHuhrat Suyarqulov: "Nafaqat futzal, balki katta futbolda ham o'zimni sinab ko'rmoqchiman" Yangiliklar

Futzal. SHuhrat Suyarqulov: "Nafaqat futzal, balki katta futbolda ham o'zimni sinab ko'rmoqchiman"

“Neftchi” - “So'g'diyona” futzal jamoalari (3:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan SHuhrat Suyarqulov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- SHuhrat, bugungi uchrashuvda mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilganligingiz bilan tabriklaymiz. Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz qanday? Kecha mag'lubiyat, bugun esa xuddi shu jamoa ustidan g'alaba.
- Birinchi navbatda  jamoamiz bilan ahil harakat qildik. Kechagi uchrashuvda ham yomon o'yin ko'rsatmagandik, jamoamiz tarkibi yosh mahalliy futbolchilardan iborat bo'lganligi uchun bir oz omad etishmay mag'lub bo'ldik. Bugungi uchrashuvga keladigan bo'lsak, bir o'zim to'rtta gol urishimda bu jamoadoshlarimni qo'llab quvvatlaganligi sabab bo'ldi. Futbol jamoaviy o'yin, shu bois barchasini jamoaviy o'yin hal qiladi. Jizzaxllik muxlislarmix kechagi uchrashuvdan so'ng bizga qo'ng'iroq qilishib qo'llab-quvvatlashdi, ularning ishonchlarini oqlaganligimiz uchun xursandman, mini-futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz.  

- Kelajakda SHuxrat Suyarqulov O'zbekiston milliy futzal terma jamoasida o'ynash orzusi bormi?
- SHu sportga kirib kelganimdan buyon eng katta orzuim, milliy terma jamoa safida maydonga tushish. Nafaqat futzal, balki katta futbolda ham o'zimni sinab ko'rmoqchiman. Maqsadim o'zbek futboli uchun kerak bo'lsa jonimni berib, dunyo maydonlarida vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdan iborat, o'z ustimda muntazam ishlayman.  

- Mashhur futzalchilardan kimlarga muxlislik qilasiz?
- O'zbek futzalchilaridan Javlon Anorov, Farhod Abdumavlonovlarga muxlislik qilaman, ular ko'rsatadigan o'yinlariga judayam qiziqaman,  bizga ham  shu futzalchilar  darajasiga chiqish nasib etsin. Evropada asli  braziliyalik bo'lgan Rossiya terma jamoasi azosi Eder Limaning o'yinlari menga juda yoqadi, undan o'rganaman.
Bizga sharoit yaratib berayotganliklari uchun klubimiz rahbariyatiga, qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat, biz ular uchun ham g'alaba qozonishimiz kerak deb o'ylayman.  


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика