So’nggi yangiliklar

09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  0 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  3 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21

Futzal. SHuhrat Po'latov: "O'zbekiston guruhda birinchi bo'la oladi" Yangiliklar

Futzal. SHuhrat Po'latov: "O'zbekiston guruhda birinchi bo'la oladi"

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga qura tashlangan FIFA hakami SHuhrat Po'latovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ayni paytda men Malayziyada seminarda ishtirok etayapman. Qura tashlash jarayonini shu erdan turib katta hayajon bilan kuzatib bordim.

Menimcha O'zbekistonga oson bo'lmaydi. Sababi bu Osiyo chempionati, unda kuchsiz jamoalar ishtirok etmaydi. Barcha jamoalar maksimal tayyorgarlikka ega bo'lib Toshkentga kelishadi. Lekin shaxsiy fikrim, O'zbekiston o'z guruhidan birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqa oladi. CHunki bizning futzalchilarning hozirgi kundagi tajribasi va kuchi guruhdagi jamoalardan ancha baland deb bilaman.

O'zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatida ko'rish mening orzuim. O'ylaymanki 2016 yilda bu orzuimga erishaman.



- Guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Livan va Qirg'izistonga qarshi ko'p o'yinlar o'tkazganmiz. Saudiya Arabistoni terma jamoasi Osiyo chempionatiga ilk bor chiqdi. Bu jamoa ishtirokidagi bitta o'yinda hakamlik qilgandim. Arablarning mahalliy futzalchilari u qadar kuchli emas. Lekin ko'p arab jamoalari hozirda chet elik o'yinchilarni terma jamoalariga jalb etish orqali kuchayishmoqda. Asosan braziliyaliklar mahalliylashtirilmoqda", - deydi FIFA hakami SHuhrat Po'latov.


Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика