So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  1 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  5 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  5 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  0 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  60 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Futzal. Sarvar SHoaxmedov: “Terma jamoa safida kuchli hayajonni his qildim” Yangiliklar

Futzal. Sarvar SHoaxmedov: “Terma jamoa safida kuchli hayajonni his qildim”

Yaqindagina futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Dubayda BAA terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib qaytdi.
Ana shu o'yinlar va yig'inda bir qator yangi o'yinchilar ham ishtirok etishdi. Ulardan biri “Lokomotiv” jamoasi azosi Sarvar SHoaxmedov. Boshlangan mavsumning birinchi turida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Sarvar SHoaxmedov professional futzaldagi faoliyatining ikkinchi oyidayoq terma jamoa yig'iniga chaqirildi. SHu munosabat bilan futzalchini ofisimizga taklif etdik.

- Futzalga qanday kirib kelgansiz?
- Yoshligimizdan ukam (Sanjar SHoaxmedov, “Olmaliq” yarim himoyachisi) bilan CHig'atoyda shug'ullanganmiz. Ukam 1990 yilda tug'ilganlar bilan, men 1988 yillar tarkibida mashg'ulotlarda qatnashganmiz. Ukam yaxshi tomonlama o'zini ko'rsatishga harakat qildi va Gennadiy Denisov uni “Olmaliq” jamoasiga olib ketdi.

O'zim 15-16 yoshgacha shug'ullanib, keyin o'qish uchun Angliyaga ketdim. U erda 5 yil bo'ldim, shundan dastlabki yillari faqat o'qish bilan band bo'lgan bo'lsam, oxirgi ikki yilda ham o'qish, ham futbol bilan shug'ullandim. Angliyada havaskor jamoada o'ynab yurdim, keyin yarim yilcha “Satton Yunayted” klubida o'ynadim. Bu jamoa yarim havaskor, yarim professional klub.



Toshkentga kelgach O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetiga o'qishga kirdim, shu bilan birga sobiq “O'rikzor” hozirgi “Xaskovo” havaskorlar jamoasida o'ynab yurdim. Keyin yana yarim yil “Hamkor” futzal jamoasida o'ynadim. SHundan so'ng, Farhod aka Miraxmedov va Ahad aka Yusupovlar “Lokomotiv”ga chaqirishdi. O'shanda Associaciya kubogi boshlanishiga o'n kuncha vaqt qolgan edi. Rozi bo'ldim va klub mashg'ulotlarida qatnasha boshladim. Meni “zayavka”ga kiritishdi. Jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladim.

- Milliy terma jamoaga chaqirilganingiz haqida nima deya olasiz?
- Murabbiylar Associaciya kubogi hamda chempionat birinchi turidagi o'yinlarimni kuzatishibdi va meni yig'inga taklif qilishdi. Ushbu yig'inga bir qator yangi nomlar jalb qilindi, lekin yig'inga chaqirildi degani terma jamoada o'ynab keta oladi degani emas. Terma jamoa safida maydonga tushayotganingizda juda kuchli hayajon bo'larkan, bosim ham yuqori, talab ham. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

- Katta va mini futbolning farqi katta, bu sizga noqulaylik tug'dirmayaptimi?
- Futbol va futzal boshqacha sport turlari, taktikalar, o'yin chizmalari, uslublar umuman boshqacha. Parketga tushgandan keyin murabbiy va tajribali o'yinchilarning tavsiyalari bilan harakat qilamiz. Futzalga to'liq ko'nikib ketishim uchun kamida 1 yil vaqt kerak.

- Otangiz ham futbolchi bo'lgan ekanlar...
- Ha, otam ham futbolchi bo'lganlar. Bizni futbolga kirib kelishimizga ham otam sababchilar. Otam Bahodir aka SHoaxmedov Viktor Jalilov bilan birga “Paxtakor” o'rinbosarlari tarkibida o'ynashgan, keyinchalik ayrim sabablarga ko'ra futbolni tashlaganlar.

Men bilan ukamni otam CHig'atoyga olib borib Evgeniy Nikolaevich Kazakovni qo'llariga topshirganlar, otam va Evgeniy Nikolaevich bizni ustozlarimiz. Men raxmatli Aleksandr SHadrin bilan birga shug'ullanganman.



- Qisqa vaqt “Satton Yunayted” klubi tarkibida o'ynadim dedingiz. Angliyaning oltinchi darajadagi ligasida harakat qiluvchi ushbu jamoa 1898 yilda tashkil topgan ekan. Angliyaning daraja jihatidan oltinchi ligasida futbol qanday shakllangan?
- Etibor juda yuqori, har o'yindan oldin maxsus “programka”lar chiqariladi. Haftada uch marta mashg'ulot, dam olish kunlari o'yin bo'lardi. “Satton Yunayted”ning mashg'ulot o'tkazish uchun alohida, rasmiy o'yinlarni o'tkazish uchun alohida stadioni bor. Har bir uchrashuvga kamida 3-4 ming muxlis tashrif buyuradi.

- Ushbu liga o'yinlariga matbuotning etibori qanday?
- O'yinlar maxalliy gazetalarda yoritiladi, bundan tashqari, klubning rasmiy sayti ham bor. Rasmiy o'yinlar uncha yirik bo'lmagan telekanallar orqali to'g'ridan-to'g'ri bo'lmasada, lekin translyaciya qilinadi.

Ularda asosiy talab sportchining jismoniy holatiga qaratiladi. Mashg'ulotlarda ham asosan yugurtiradi, yugurishdan o'tsangiz qolganini tortib keta olasiz. Mashg'ulotlarda to'p bilan muomala qilishni deyarli kuzatmaysiz.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика