Futzal. Rustam Umarov: "Oxirigacha kurashamiz"
13 sen 2016 11:56
Yangiliklar
Futzal. Rustam Umarov: "Oxirigacha kurashamiz"
Eslatib o'tamiz, 11 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Panama bilan o'yinda imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:3).
Biz Jahon chempionatidagi birinchi o'yinimizda Panamani mag'lub etishni istagandik. SHu bois barcha bor kuchi bilan o'ynadi. Tezroq gol urishni o'yladik. Balki shoshilganimiz bizga xalal bergandir. Yakunda o'zimiz qilgan xatolar tufayli yutqazib qo'ydik, - deydi 32 yoshli darvozabon.
Oldinda bizni qanchalik kuchli raqiblar kutib turganini his etayapmiz. Kolumbiya – o'tgan mundial yarim finalchisi. Bunga qo'shimcha ravishda ular mundial mezboni. Portugaliya – Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri. Bu jamoa tarkibida Rikardino va Kardinal kabi futzalchilar o'ynashadi. Ilk turda bu ikki jamoa o'rtasidagi bahs yuqori saviyada o'tdi. Biroq, Kolumbiyaga kelishimizdan avval kimga qarshi o'ynashimizni bilardik. Bu Jahon chempionati, bu erda kuchsiz jamoalar yo'q. SHu bois keyingi ikki o'yinda yanada kuchli o'ynab O'zbekiston terma jamoasi hisobiga ochko qo'shmoqchimiz. Kimga qarshi o'ynashimizdan qatiy nazar oxirigacha kurashamiz, - deydi Umarov.
Fikrlar