Futzal. Rustam Umarov: "Murabbiylarimiz to'g'ri taktika tanlashdi"
03 dek 2014 15:09
Yangiliklar

Futzal. Rustam Umarov: "Murabbiylarimiz to'g'ri taktika tanlashdi"
"Tashkent Cup-2014" xalqaro turniri doirasida o'tkazilgan O'zbekiston - Qozog'iston (1:1) uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan hamyurtimiz Rustam Umarovning fikrlari bilan qiziqdik.
Umarov o'yindan oldin bergan intervyusida Igita bilan duelga tayyorligini aytib o'tgan edi, kecha u buni isbotladi.
"Biz boshidan o'yin juda qiyin o'tishini bilardik. Qozog'iston Evropada o'ynaydi va ularda katta tajriba bor. Evropa va Osiyo futzalining farqi katta. Lekin biz shunga yarasha kuchli tayyorgarlik ko'rdik, bitta vaziyatni o'tkazib yubordik va g'alabadan maxrum bo'ldik. Ishlashda davom etamiz.
O'yindan avval himoyadan o'ynash haqida uqtirishgan edi, bellashuv davomida esa vaziyatlardan kelib chiqib, shuningdek murabbiylarimizning ko'rsatmasiga ko'ra pressing uyushtirdik.
Murabbiylarimizning to'g'ri taktika tanlashgani evaziga bir qancha vaziyatlarda raqibga imkon bermadik, to'g'ri himoyalandik, barcha burchaklarni, chiziqlarni va to'p uzatish mumkin bo'lgan yo'nalishlarni yopdik".
Tolibjon Qosimov

Fikrlar