Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qozog'istonga imkoniyatni boy berdi
14 dek 2021 19:32
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qozog'istonga imkoniyatni boy berdi
Bellashuv Nur-Sulton shahridagi "Jaksilik Ushkempirov" nomidagi yakkakurash saroyida bo'lib o'tdi. uchrashuvdan matnli translyaciyani shu sahifada kuzatib bordingiz.
Futzal. Xalqaro o'rtoqlik o'yini
Qozog'iston – O'zbekiston 3:1
14.12.2021, 18:00
"Jaksilik Ushkempirov" nomidagi yakkakurash saroyi, Nur-Sulton
Gollar: A.Knaub (Duglas) 22, Duglas (CH.Essenamanov) 22, Igita 40 - I.Hamroev (I.Ropiev) 39
Qozog'iston (birinchi beshlik): 2.Igita, 9.Albert Akbalikov, 10.CHingiz Esenamanov, 11.Arnold Knaub, 14.Duglas.
Zaxira: 1.Rauan Atantaev, 4.Nurbek Karagulov, 6.Gaziz Nagashibay, 7.Ersulton Sagindikov, 8.Birjan Orazov, 13.Jomart Tokaev, 15.Bolat Sarbasov, 19.Rinat Turegazin, .
O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Davlat Ibragimov, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To'lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.Abdulla Solihov.
Ogohlantirish: H.Nishonov 27
Uchrashuv yakunlandi. Oxiri yongan o'yinda O'zbekiston Qozog'istonga imkoniyatni boy berdi.
40 - GOL, Igita o'yinga nuqta qo'ymoqda. Bizning zarbamizni qaytargan kiper to'pni biryo'la bo'sh qolgan darvozamizga joylab qo'ya qoldi.
40 - CHorievning zarbasini Igita qaytardi va to'pni darvozamiz tomon tepdi...
39 - Goooooooollllll, Ilhom Hamroev hisobni qisqartirdi - 2:1. CHoriev - Ropiev - Hamroev kombinaciyasi gol bilan tugadi. O'ynovchi kiperimiz gol urdi.
38 - Qozog'iston ustozi Kaka taym aut oldi.
37 - Zarbaaa, CHorievda yana bir imkoniyat. Igita to'pni qaytardi. Vakillarimiz kuchli bosim uyushtirishmoqda.
37 - Nimalar qilishdi hozir... Igita to'pni markazda oldirib qo'ydi. CHoriev darvoza qarshisida Essenamanov bilan birga-bir qoldi va aldab o'taman deb oldirdi.
36 - Bahodir Ahmedov o'ynovchi darvozabon (Ilhom Hamroev)ni tushirdi.
35 - Zarbaaa, Akbar Usmonovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Akbarga pasni Rahmatov bergandi.
32 - Ersulton Sagindikovning kuchli zarbasini Rustam qaytardi.
31 - Orazov birga-bir chiqib bordi, Umarov qutqardi.
31 - Ropievning uzoq masofadan tepgan to'pi noaniq chiqdi.
30 - Akbar Usmonov Essenamanovni aldab o'tdi va Anasxonga pas berdi, afsuski Rahmatov to'pga eta olmadi.
28 - D.Rahmatovning zarbasini Igita qaytardi.
27 - Husniddin Nishonov ogohlantirildi.
27 - Zarbaa, avvaliga Nishonovning zarbasini Igita qaytardi, keyin esa CHorievning zarbasiga himoyachilar blok qo'yishdi.
25 - Zarbaa, D.CHoriev to'pni raqibdan olib qo'ydi va darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi. Igita to'pni qaytardi.
24 - Zarba, D.Rahmatov to'pni olib qo'ydi va zarba yo'lladi. Igita o'z joyiga qaytib ulgurmagan bo'lsada to'pni qaytara oldi.
22 - GOL, burchakdan keyin Duglas ikkinchi golni urdi. Ikkinchi bo'lim juda omadsiz boshlandi.
22 - GOL, Albert Knaub hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'limga start berildi.
Birinchi bo'lim tugadi.
20 - Birinchi bo'lim tugashiga 2 soniya qolganda Akbalikov deyarli bo'sh qolgan darvozamizga to'pni to'g'rilab yubora olmadi.
20 - CHoriev kichik jarohat oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.
19 - Mezbonlarning uzoq davom etgan hujumi Duglasning noaniq zarbasi bilan tugadi.
17 - Endi Umarov oldinga chiqdi, hujum Akbarning noaniq zarbasi bilan tugadi.
16 - Zarbaaa, qarshi hujumimizdan keyin A.Rahmatov juda qulay imkoniyatdan gol ura olmadi.
16 - Rikardo Kaka taym aut oldi. Natijada burchakdan keyin Knaub aniq zarba berdi, Umarov yana qutqardi.
15 - Igitadan Umarov darvozasi tomon zarba, noaniq. Igita ishga kirishdi.
14 - Ilhom Hamroevning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
14 - Akbalikov darvozamizga teskari turgan holatda burilib zarba berdi, biroz noaniq.
12 - Zarbaaa, Davron CHorievning zarbasini Igita qaytardi. Qarshi hujumda esa Akbalikov Rustam bilan birga-bir chiqib bordi va bu safar bizning kiper jamoasini qutqardi.
11 - Umarov Esenamanovning birga-birdan tepgan to'pini qaytardi va jamoamizni goldan qutqarib qoldi.
10 - Dilshod Rahmatov Jomart Tokaevga bosim uyushtirdi va to'pni undan olib qo'ydi. Igita qarshisiga kelganda esa raqib kiperi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
9 - Yosh Gaziz Nagashibayning o'ng tomondan tepgan to'pini Umarov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
8 - Umarov o'zining xatosini chiroyli seyv bilan o'zi to'g'riladi.
7 - Knaubning bu galgi zarbasi ham noaniq chiqdi.
6 - Igita oldinga chiqdi, Knaubning kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. Hozircha ustunlik mezbonlar tomonda.
5 - O'yindagi birinchi aniq zarbani Bolat Sarbasov berdi, Umarov o'z joyida.
4 - Akbar Usmonovning uzoq masofadan tepgan to'piga aniqlik etishmadi.
4 - Duglas burchakdan to'pni Akbalikovga uzatdi, JCH-2021da porlagan Albert esa juda noaniq zarba berdi.
3 - Bahodir Ahmedov to'rtlikni almashtirdi. D.Rahmatov - A.Rahmatov - M.Odilov - A.Usmonov to'rtligi maydonda.
2 - Esenamanovning chap oyoqda bergan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.
1 - Bellashuv boshlandi.
- Jamoalar arenaga chiqib kelishdi. Har ikki davlat madhiyalari yangramoqda.
O'zbekiston Qozog'iston bilan 9 bor to'qnash kelgan va hali yutmagan
- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar