Futzal. Qirg'iziston bosh murabbiyi: Bizga "Dina"dek kuchli raqib kerak edi"
07 fev 2016 16:02
Yangiliklar


Futzal. Qirg'iziston bosh murabbiyi: Bizga "Dina"dek kuchli raqib kerak edi"
5 fevralda Qirg'iziston Troick shahrida Rossiyaning "Dina" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 1:7 hisobida yutqazib qo'ydi.
- O'yin haqida nima deya olasiz?
- Bizning jamoa deyarli hech nima ko'rsata olmadi. Hozircha biz katta yo'l boshidamiz. Bu o'yin bir necha kundan so'ng boshlanadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida juda muhim edi. Dina - juda kuchli raqib. Bunday klubga qarshi o'ynash biz uchun sharaf. Bazi vaziyatlarda biz yaxshiroq o'ynadik. Qaysidir epizodlarda Dina katta ustunlikka erishdi. Boshqacha bo'lishini kutmagandik ham. Aynan shunday kuchli sparring-raqib kerak edi.
- Jamoa Dinaga qanday noqulaylik ko'rsatdi?
- Raqibga deyarli noqulaylik tug'dirmadik. Bazida to'pni yaxshi nazorat qildik, bir qator vaziyatlarga ega bo'ldik. Umuman olganda bahs Dinaning nazorati ostida o'tdi, aynan shunday bo'lishi ham kerak edi, - deydi Andrey Polxovskiy.
Malumot uchun, 10-21 fevral kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida Qirg'iziston terma jamoasi "A" guruhida O'zbekiston, Livan va Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar