So’nggi yangiliklar

15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  0 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  2 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  6 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  13 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  20 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  14 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  9

Futzal. O'zbekiston Yaponiyaga mag'lub bo'ldi va guruhda ikkinchi o'rinni egalladi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston Yaponiyaga mag'lub bo'ldi va guruhda ikkinchi o'rinni egalladi

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Yaponiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"B" guruhi g'olibini aniqlab bergan o'yinda Yaponiyaning qo'li baland keldi - 2:4.

Futzal bo'yicha OCH–2018
3-tur, 05.02.2018
"University of Taipei Gymnasium"
O'zbekiston – Yaponiya 2:4

Gollar: F.Abdumavlonov 3, A.Yunusov 26 - K.Morioka 21, SH.Hoshi 24, 35, R.Nishitani 39

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 14.Konstantin Sviridov, 11.Artur Yunusov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 4.Ixtiyor Ropiev, 9.Davron Abdurahmonov, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod SHavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov, 10.Davron CHoriev.

Yaponiya (birinchi beshlik): Yaponiya (birinchi beshlik): 2.Xigor Pires, 14.Riosuke Nishitani, 8.Takita Manabu, 7.Rafael Xenmi, 9.Kaoru Morioka.
Zaxira: 1.Yushi Sekiguchi, 5.Akira Minamoto, 10.Nibuya Kazuhiro, 13.Tomoaki Vatanabe, 11.SHota Hoshi, 6.Tomoki Yoshikava, 3.Yuki Murota, 4.Koichi Saito, 12.Kazuya SHimizu.



MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. Vakillarimiz 2:4 hisobida mag'lub bo'lishdi va guruhda ikkinchi o'rinni egallashdi. 

40 - Vakillarimiz besh kishi bo'lib hujum qilishmoqda, samarasiz

39 - Gol, Rahmatov va Yunusovning xatosidan keyin Nishitani bo'sh qolgan darvozamizga to'pni kiritdi.

38 - Bahodir Ahmedov o'ynovchi darvozabonni tushirdi, bu vazifani Konstantin Sviridov bajaradi.

37 - Maydonga asosiy to'rtligimiz tushdi

35 - Zarba, SHotaning navbatdagi zarbasi ustunga tegib qaytdi.

35 - Gol, afsuski SHota Hoshi o'zining ikkinchi, jamoasining esa uchinchi golini urdi.

33 - Takita Manabuning kuchli va aniq zarbasini Umarov avvaliga urib yubordi, keyin esa ushlab oldi.

32 - Nishitanining zarbasi ancha noaniq ketdi.

30 - Tomoki Yoshikava ikki naqar o'yinchimizni chiroyli tarzda ortda qoldirdi, baxtimizga hujum yakuni samarali tugamadi.

29 - Nibuya Abdurahmonovni chyiqitdi.

28 - Rustam Umarov ketma-ket 2 marotaba burchakdan keyin berilgan aniq zarbalarni qaytardi. Ketidan yakkama-yakka vaziyatda ham qutqardi. Qoyil!

27 - Uhh, Abdumavlonov sal bo'lmasa to'pni o'z darvozasiga kiritib yuborishi mumkin edi.

26 - Goooooooollllllllll, sardorimiz Artur Yunusov muvozanatni tikladi - 2:2.

Futzalchilarimiz hujumkorlikni keskin oshirishdi.

26 - Zarbaaa, CHorievning navbatdagi zarbasi salgina noaniq ketdi.

25 - Zarbaaa, Davron CHorievning zarbasi ustunga tegib qaytdi.

24 - Gol, Yaponlar yana bir bor standartni golga aylantirishdi, gol muallifi SHota Hoshi -1:2.

23 - CHoriev to'pni oldirib qo'ydi va qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi.

21 - Gol, Rahmatovning xatosidan kelgan jarimani Morioka gol bilan yakunladi - 1:1. O'zimizga o'zimiz gol olib keldik.

21 - Uhh, Dilshod Rahmatov kutilmagan raqibni aldayman deb to'pni darvozamiz tomon yo'naltirib yubordi. Darvozamizga kirib ketayotgan to'pni Umarov qaytarishga majbur bo'ldi, bu esa mumkin emasdi, jarima.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi! Hozircha hisob - 1:0.

20 - Zarbaa, vakilimiz uzoq masofadan raqib darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, biroz noaniq.

18 - Zarbaaa, Davron Abdurahmonovning pasidan keyin Mashrab Odilov birga-bir holatda gol ura olmadi. Higor Pires o'zini ko'rsatdi.

17 - Davron CHoriev Moriokani chiroyli tarzda aldab o'tdi, lekin yakuniy pasini raqiblar maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.

16 - Yaponiya jarima yaxshi amalga oshirdi, Umarov Rafael Xenmining zarbasini qaytarib qoldi. Barakalla, Rustam!

16 - Abdumavlonov Nishitanini yiqitdi va xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgilandi.

15 - Zarba, Morioka Sviridovdan qochib ketdi va noaniq zarba berdi.

15 - Bahodir Ahmedov 1 daqiqalik taym-aut oldi.

14 - SHota Hoshi engil jarohat oldi.

13 - Umarov navbatdagi zarbani ushlab oldi va bizning hujumni boshlab berdi.

12 - Bosh murabbiyimiz to'rtlikni almashtirdi.

11 - Zarba, SHimizu Kazuyaning zarbasi ustunga tegdi, hozircha omad biz tarafda bo'lmoqda.

11 - Hozirga kelib zarbalar bo'yicha yaponlar oldinda - 3:10.

10 - Xavfli vaziyat, Moriokaning pasidan keyin Nishitani to'pni darvozamizga kirita olmadi.

8 - Artur Yunusovning o'tkir burchakdan bergan zarbasi noaniq.

6 - Ehh, Davron CHorievning zarbasiga aniqlik etishmadi.

- Zarba, Rustam Umarov yaponlar bergan zarbani qaytarib qoldi.

- Zarba, raqiblar bergan zarba darvozamiz to'siniga tegib qaytdi.

4 - Bahodir Ahmedov maydolnga ikkinchi to'rtlikni tashladi.

3 - Goooooooooolllllllllll, Farhod Abdumavlonovvvvvv! Farhod Xenmini chiroyli tarzda aldab o'tdi va qanotdan yaponlar darvozasini ishg'ol qildi.

2 - Artur Yunusovning noaniq pasi hujumimizni to'xtatib qo'ydi.

- Rahmatov Xenmiga nisbatan qo'pollik ishlatdi, o'yindagi birinchi fol.

- Uchrashuvga start berildi.

- O'zbekiston bugun ko'k formada, Yaponiya esa oq libosda to'p tepadi.

- Har ikki davlat madhiyalari yangrab o'tdi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика