Futzal. O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti
05 iyu 2016 17:22
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda.
27 iyundan boshlangan yig'inga 18 nafar o'yinchi chaqirilgan edi, ayni paytda ulardan biri - Ramil Almamedov mashg'ulotlarni tark etgan. Demak, Xose Mariya Mendez 17 nafar futzalchi bilan mashg'ulotlarni olib bormoqda.
Bugun kunduzgi mashg'ulotda bosh murabbiy o'yin paytida yuzaga keladigan holatlardan qanday qilib chiqib ketish va hujumlarni qay tariqa to'g'ri rivojlantirish ustida ko'proq ishladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 12, 13, 14 iyul kunlari Tojikiston bilan Toshkentda uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar