Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
9 dek 2020, 18:01
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yili o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi.

Bahodir Ahmedov qo'l ostidagi futzal terma jamoasi Toshkent shahrida 10-18 dekabr kunlari o'quv-mashg'ulot yig'inini olib boradi.

Murabbiylar shtabi “O'zbekiston” sport majmuasida tashkil etiladigan mashg'ulotlarga 18 nafar futzalchini jalb etdi.

Ma'lumot o'rnida futzal bo'yicha Osiyo chempionati 23 martdan 3 aprelga qadar Quvayt mamlakatida bo'lib o'tadi. Guruh bosqichida futzalchilarimiz Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Ushbu chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 5 ta jamoa 2021 yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Yig'inga chaqirilgan futzalchilar ro'yxati:

1. Elmuradov Abbos

2. Eliboev Ravshan

3. Umarov Rustam

4. Ropiev Ixtiyor

5. Erkinov Xushnur

6. Odilov Mashrab

7. Rahmatov Anasxon

8. Abduvaliev Avazbek

9. Hamroev Ilxom

10. Nishonov Husniddin

11. Solihov Abdulla

12. Rahmatov Dilshod

13. Choriev Davron

14. Usmonov Akbar

15. Jo'raev Sunnatilla

16. To'lqinov Elbek

17. Shavkatov Dilmurod

18. Ibragimov Davlat

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz