Futzal. O'zbekiston terma jamoasi "Qayrat" bilan o'ynaydi
21 sen 2015 12:58
Yangiliklar


Futzal. O'zbekiston terma jamoasi "Qayrat" bilan o'ynaydi
Kelasi yil 10-21 fevral kunlari Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirish maqsadida futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida navbatdagi yig'inni o'tkazadi.
Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz oktyabrning dastlabki kunlarida yig'inni boshlashadi. 5-6 oktyabrda esa vakillarimiz Qozog'istonda "Qayrat" jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, Olma-otaning "Qayrat" jamoasi futzal bo'yicha UEFA kubogining amaldagi g'olibi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar