So’nggi yangiliklar

08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  1 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  7 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  23 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  2 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  4 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  23 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  7

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi "Olmaliq" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi "Olmaliq" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi termamiz mashg'ulotlarga 2 iyuldan kirishgani haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning yakuniy pallasiga etib kelgan. SHu munosabat bilan bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Olmaliq" klublari o'zaro nazorat uchrashuvi o'tkazishdi. O'yinda avvaliga Ahmedov boshchiligidagi terma jamoa 3:1 hisobida oldinga o'tib olgan edi. Lekin, keyinchalik tajribali futzalchilardan iborat olmaliqliklar to'rtta gol urishdi va g'alabani ilib ketishdi.

Nazorat uchrashuvi
"O'zbekiston" sport majmuasi
O'zbekiston MTJ - "Olmaliq" 3:5
Gollar:
F.Faxriddinov 2ta, T.Sadirov - K.Sviridov 2ta, D.Rahmatov 2ta, T.Sadirov (avt.)

O'zbekiston MTJ: Rustam Umarov, SHavkat Ibragimov, Akmal Xazratqulov, Aziz Xushboqov, Feruz Faxriddinov, Alisher Ibragimov, Oybek Polvonov, Davron CHoriev, Axror Umarjonov, Timur Berdiev, Anasxon Rahmatov, Dilmurod SHavkatov, Mashrab Odilov, Davron Abdurahmonov, Timur Sadirov, Akbar Usmonov, Islom Bituraev, Ixtiyor Ropiev, Xushnur Erkinov.

"Olmaliq": Klim Tyugaev, Ravshan Eliboev, Sunnat Anvarov, Jamoliddin SHaripov, Konstantin Sviridov, Artur Yunusov, Farhod Abdumavlonov, Dilshod Rahmatov, Javlon Anorov, Dilshod Irsaliev, SHuhrat Tojiboev, Ilhom Rajabov, Sunnat Kuralov, Sirojiddin Mahmudov, Sarvar SHoahmedov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi shu yilning 17-27 sentyabr kunlari Turkmanistonda o'tadigan Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik olib borayotgan bo'lsa, "Olmaliq" 20-30 iyul kunlari Vetnamda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorlanmoqda.


Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика