Futzal. O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini qaysi hududda o'tkazadi?
28 may 2024 20:02
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini qaysi hududda o'tkazadi?
14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar O'zbekistonda futzal bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi. Mundialga Toshkentdagi "Humo Arena", Buxoro va Andijon viloyatlaridagi "Universal" sport komplekslari mezbonlik qiladi.
Xose Venansio Lopes murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarni potaxtdagi "Humo Arena" sport majmuasida o'tkazadi.
Jumladan, hamyurtlarimiz 14 sentyabr kuni Niderlaniya, 17 sentyabr kuni Paragvay va 20 sentyabr kuni Kosta-Rikaga qarshi maydonga tushadi.
"Oq bo'rilar" guruhda birinchi yoki ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqqan taqdirda ham 1/8 final o'yinini Toshkentda o'tkazadi. Faqatgina guruhda 3-o'rinni egallagan jamoa pley-offga yo'l olgan taqdirda, Buxoroga safar uyushtiradi.
SHuningdek, "A" guruhidagi Niderlaniya — Paragvay uchrashuviga ham ushbu viloyat arenasi mezbon bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar