So’nggi yangiliklar

10:15"Галатасарой" Осимхенга даҳшат таклиф билан чиқди  0 09:43"Челси"ни финалга олиб чиққан Энцо Мареска нималар деди?  0 09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  3 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  3 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  23 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  10 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  17 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  4 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  15

Futzal. O'zbekiston JCHda Kolumbiya, Portugaliya va Panama bilan bir guruhda Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston JCHda Kolumbiya, Portugaliya va Panama bilan bir guruhda

Ayni paytda Kolumbiyaning Medelin shahrida futzal bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionatiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

YANGILASH

Unda O'zbekiston nomidan terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez va terma jamoa ishqibozlar klubi raisi Abdurahmon Fozilovlar ishtirok etishmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi 4-savatchadan joy olgan. Barcha savatchalarni yana bir bor etiboringizga havola etamiz:

1-savatcha

Kolumbiya
Braziliya
Ispaniya
Italiya
Argentina
Rossiya

2-savatcha

Eron
Ukraina
Portugaliya
Paragvay
Misr
Kosta Rika

3-savatcha

Solomon Orollari
Tailand
Marokash
Panama
Gvatemala
Avstraliya

4-savatcha

Kuba
Mozambik
Qozog'iston
Ozarbayjon
O'zbekiston
Vetnam

Jamoalar 6 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurashga kirishishadi. Har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o'rin egalari, shuningdek eng yaxshi natija qayd etgan 4ta uchinchi o'rin sohiblari  nimchorak finalga yo'l oladi.

Bo'lajak Jahon chempioniga topshiriladigan kubok marosim bo'lib o'tadigan zalga keltirilgan.


Diqqat, marosim boshlanmoqda.



O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez kuchli hayajon bilan qura natijalarini kutmoqda.



O'ZBEKISTON bayrog'i ishtirokchi mamlakatlar milliy bayroqlari orasida ko'rk sochib turibdi.

- Qura tashlash marosimini onlayn tomosha qilishni istaganlar uchun link - https://www.youtube.com/watch?v=LETkZFTxajo

- Katta ekranda afsonaviy futzalchi braziliyalik Falkao haqida lavha namoyish etildi va u sahnaga taklif qilindi. Sababi, Braziliya terma jamoasi amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi, Falkao esa terma jamoa sardori sifatida Jahon kubogini sahnaga olib chiqdi.


- Sahnada Medelin shahri hokimi, u barcha ishtirokchilarga omad tilamoqda.

- Qurada dastlab 1-savatchadagi jamoalar guruhlarga ajratib chiqiladi. Keyin 2, 3 va 4-savatchadagi terma jamoalar o'z guruhlarini bilib olishadi.

- Musobaqa kordinal direktori Klara Luz Lordan nutq so'zlamoqda

- Katta ekranda odatga ko'ra, musobaqa o'tkaziladigan mamlakat haqida lavha namoyish etilmoqda. Kolumbiya haqidagi lavha ajoyib chiqdi.

- Sahnada FIFA vice-prezidenti va KONMEBOL prezidenti Alexandro Domingez nutq so'zlamoqda. U Kolumbiya musobaqani alo darajada o'tkazishiga ishonishini aytib FIFA prezidenti Janni Infantinoning salomini marosimga tashrif buyurganlarga etkazdi. Barcha terma jamoalarga omad tiladi.

- Sahnada Kolumbiya futbol federaciyasi prezidenti Ramon Jesurun nutq so'zlamoqda.


Janob Ramon Jesurun


Jahon chempionatining rasmiy to'pi

- Katta ekranda musobaqa bo'lib o'tadigan 3 shahar - Medelin, Bukaramanga va Kali shaharlari haqida lavha namoyish etildi.

- Ayni paytda Kolumbiyalik mashxur qo'shiqchi Martina La Pelegrosa jonli ijroda qo'shiq kuylamoqda.

Diqqat! Quraning asosiy qismi boshlanmoqda...

- Sahnaga Jahon chempioni Markino, futzal yulduzi Kike, Kolumbiyalik Pablo Anxel va Kolumbiya milliy terma jamoasi darvozaboni David Ospinalar taklif etilishdi.


- FIFA futzal qo'mitasi menejeri janob Jaire qura tashlash qoidalari bilan yana bir bor tanishtirib o'tmoqda.

"A" guruhi

1. Kolumbiya
2. Portugaliya
3. O'zbekiston
4. Panama

"B" guruhi

1. Tailand
2. Rossiya
3. Kuba
4. Misr

"C" guruhi

1. Paragvay
2. Italiya
3. Vetnam
4. Gvatemala

"D" guruhi

1. Ukraina
2. Braziliya
3. Mozambik
4. Avstraliya

"E" guruhi

1. Argentina
2. Qozog'iston
3. Salomon Orollari
4. Kosta Rika

"F" guruhi

1. Eron
2. Ispaniya
3. Marokash
4. Ozarbayjon

- Futzal yulduzlaridan biri Kike qura haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. U xususan "A" guruhi haqida: "O'zbekiston terma jamoasida hammamizga tanish ispaniyalik Mendez murabbiylik qilmoqda, bu juda yaxshi jamoa," - deb aytib o'tdi.



Jahon chempionatining barcha guruhlari

Marosim so'nggida yana o'sha mashxur qo'shiqchi Martina La Pelegrosa o'z qo'shig'i bilan ishtirokchilar kayfiyatini ko'tarmoqda.

Qadrli ishqibozlar Kolumbiyadagi mundialda terma jamoamizga omad tilab qolamiz. Futzalni seving!
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика