FUTZAL. O'ZBEKISTON FINALDA!
19 fev 2016 17:40
Yangiliklar


FUTZAL. O'ZBEKISTON FINALDA!
Uchrashuv soat 16:00da boshlandi. Birinchi bo'limda tomonlar gol ura olishmadi. Ikkinchi bo'lim boshida Dilshod Rahmatov burchakdan gol urib qo'ydi - 1:0. Keyingi daqiqada Jetsada CHudech himoyadagi xatodan so'ng gol urdi - 1:1.
O'yinning asosiy vaqtida durang qayd etildi va qo'shimcha taymlar belgilandi. Qo'shimcha taym boshida Apivat CHaemchareon gol urib tailandliklarni oldinga olib chiqdi - 1:2. 48-daqiqada Artur Yunusov gol urib hisobni tenglashtirdi - 2:2.
Qo'shimcha bo'limlarda 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida Faxriddinov, Irsaliev va Sviridov gol urishdi. Tailand safida Supxavut gol urdi. Klim Tyugaev esa raqib zarbasini qaytardi - 3:1.
O'zbekiston - finalda!
O'zbekiston - Tailand 2:2 (3:1 penaltilar seriyasi)
Hakamlar: Kris Kolley (Avstraliya), Liu Jiankiao (Xitoy), An Ran (Xitoy), Xamis Hassan Al SHamsi (BAA)
MATNLI TRANSLYACIYA
Gollar: Dilshod Rahmatov 23, Artur Yunusov 48 - Jetsada CHudech 24, Apivat CHaemchareon 41,
Penaltilar seriyasi: Faxriddinov, Irsaliev, Svridov - Jiravat (darvozabon), Supxavut
O'zbekiston: 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Raxmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov.
Zaxira: 2.Dilshod Irsaliev, 3.Nodir Eliboev, 4.Feruz Fahriddinov, 5.Davron CHoriev, 6.Javlon Anorov, 9.Andrey SHlema, 10.Jamoliddin SHaripov, 12.Akmal Xazratqulov, 13.Klim Tyugaev.
Tailand: 12. Kanison Pxupun, 6. Jiravat Sornvichian, 7. Apivat CHaemchareon, 8. Jetsada CHudech, 9. Supxavut Tuenklang.
Zaxira: 1. CHaleamsri Puangsri, 2. Vivat Taijaruen, 3. Kongla Lakka, 4. Ampol Sriragev, 5. Punyapon Pumviset, 10. Nattavut Madyalan, 11. Vanlop Pansomsuai, 13. CHaivit Jamgrajang.
Ogohlantirishlar: Jetsada CHudech 30, Dilshod Irsaliev 42,
O’xshash yangiliklar

Fikrlar