Futzal. O'zbekiston dunyo reytingida 20-o'ringa pastladi
05 okt 2015 17:03
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston dunyo reytingida 20-o'ringa pastladi
Bu safar O'zbekiston milliy terma jamoasi dunyo reytingida 20-o'rinda qayd etilgan. Bu bilan Xose Mariya Mendez shogirdlari o'tgan reytingdagi o'rinlaridan bir pog'onaga pastlashgan. Bosh futzal jamoamiz hisobida 1272 ochko bor.
Osiyoda terma jamoamiz Eron, Yaponiya, Tailanddan so'ng qitaning to'rtinchi jamoasi bo'lib turibdi. MDH va Boltiqbo'yi davlatlari orasida ham terma jamoamiz beshinchi o'rinda. Bizdan avval Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon va Qozog'iston terma jamoalari joylashishgan.
Dunyo reytingini hamon Ispaniya terma jamoasi boshqarib turibdi. Kuchli o'ntalikdan Braziliya, Rossiya, Italiya, Argentina, Eron, Portugaliya, Ukraina, Kolumbiya, Yaponiya terma jamoalari joy olishgan.
Ayni paytdagi futzal reytingi
1. Ispaniya - 1922 ochko
2. Braziliya - 1902
3. Rossiya - 1746
4. Italiya - 1717
5. Argentina - 1620
6. Iran - 1611
7. Portugaliya - 1594
8. Ukraina - 1494
9. Paragvay - 1433
10. Yaponiya - 1405
... 18. Tailand - 1296
19. Qozog'iston - 1290
20. O'zbekiston - 1272
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar