So’nggi yangiliklar

22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  0 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  1 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  17 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  3 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  21 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7 18:57"Ал Иттиҳод" Бензема ўрнига Салоҳни олиб келмоқчи  4 18:30Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойга ютқазди  7 18:13"Андижон" Хомяков билан боғлиқ вазият юзасидан расмий изоҳ берди  5 17:58Эрон чемпионати. "Трактор" меҳмонда мағлубиятга учради, Ҳамробеков 73 дақиқа ҳаракат қилди  0 17:38Фарғона вилояти ҳокими кубоги. "ФарДУ"да йирик ғалаба, "Қумқўрғон"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4

Futzal: O'zbekiston bugun Eronga qarshi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi Yangiliklar

Futzal: O'zbekiston bugun Eronga qarshi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi

Teglar :  O'zbekistonfutzal
Futzal bo'yicha Jahon chempionati final bosqichi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun Eronning Mashhad shahriga etib keldi.

Avvalroq xabar berilganidek, mazkur yig'in davomida 28 hamda 29 avgust kunlari Eron terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur o'yinlardan oldin har ikkala terma jamoa bosh murabbiylari matbuot anjumanida OAV vakillari bilan uchrashdilar va bo'lajak o'yinlar oldidan o'z fikrlarini bildirishdi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes ham, Eron terma jamoasi ustozi Muhammad Nozimalshari ham mazkur o'yinlar har ikkala terma jamoa uchun ham sentyabr oyida Kolmubiyada start oladigan Jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik jarayonini o'tab berishini takidlashdi. Eslatib o'tamiz, aynan O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari Toshkentda o'tkazilgan futzal bo'yicha so'nggi Osiyo chempionati finalchilari hisoblanishadi. O'zbekiston terma jamoasi mazkur qita chempionatida ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Eron terma jamoasi bir necha yillik tanaffusdan so'ng Osiyoning eng kuchli jamoasi nomini yana o'zlariga qaytarib olishgan edi.

Malumot uchun, Eron hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi ilk uchrashuv 28 avgust kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuvi mahalliy vaqt bilan 17:00 (Toshkent vaqti bilan 17:30)da boshlanadi.

Eronga qarshi ilk o'yin oldidan o'tkazilgan mashg'ulotlarda Xose Mariya Mendez turli xil taktik sxemalarni sinovdan o'tkazdi va asosiy etiborini qarshi hujumga qaratdi. Toshkentda OAV vakillari bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi mazkur taktikani Jahon chempionati bahslarida ham sinovdan o'tkazishini aytib o'tgan edi. Boisi, guruh bosqichidagi raqiblar – Kolumbiya, Portugaliya hamda Panama terma jamoalari asosiy etiborini hujumga qaratadigan jamoalar toifasiga kiradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика