So’nggi yangiliklar

00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  0 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  1 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  2 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  3 22:16Расман: "Бунёдкор" раҳбариятида ўзгариш  2 21:56"Англиянинг энг катта клубида ўйнаш насиб этди, энди эса Испаниянинг энг катта жамоасида тўп тепаман" — Трент  11 21:22ПСЖ футболчиси Ла Лигага йўл олиши мумкин  0 20:58"Байер" "Ливерпуль" футболчисига қизиқмоқда  4 20:31"Атлетико" 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  0 20:03Расман: Де Брюйне — "Наполи" футболчиси  2 19:33Перес Трент трансфери ҳақида: "Энди у бу ерда тарих ёзади"  3 19:06ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ муваффақиятли ўтса, иштирокчилар сонини оширади  9

O'zbekiston futzal terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda ham minimal hisobda imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasi ikkinchi uchrashuvda ham minimal hisobda imkoniyatni boy berdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston va Argentina o'rtasidagi ikkinchi o'yin yakunlandi.



O'rtoqlik o'yini
O'zbekiston - Argentina 0:1
03.02.2021, 18:30. "O'zbekiston" sport majmuasi
Hakamlar:
Nurdin Bukuev (Qirg'iziston), Nikita Afinagenov, Anatoliy Rubakov (ikkisi O'zbekiston)
Vaqtga masul hakam: Xushnud Atamurodov (O'zbekiston)
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev (O'zbekiston)
Komissar: Aleksandr Davidenko (O'zbekiston)
GOL: 8 - Lukas Tripodi 0:1

O'zbekiston (birinchi beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron CHoriev.
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Anasxon Rahmatov, 5.Elbek To'lqinov, 9.Dilmurod SHavkatov, 11.Akbar Usmonov, 14.Javlon Anorov, 17.Avazbek Abduvaliev, 19.SHahzodjon Sadiev, 20.Xushnur Erkinov.

Argentina (birinchi beshlik): 12.Matias Starna, 2.Damian Stazzone, 7.Anxel Klaudino, 10.Konstantino Vaporaki, 11.Alan Brandi.
Zaxira: 1.Lukas Farax, 3.Lukas Tripodi, 4.Lukas Bolo Alemani, 5.Maksimiliano Rechia, 6.Sebastian Korso, 8.Luchiano Avellino, 9.Matias Rosa, 13.Santiago Rufino, 14.Andres Gerati.





YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

38. O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ikkinchi bo'limdagi beshinchi qo'polligini amalga oshirdi

38. ZARBA. Alan Brandining zarbasiga aniqlik etishmadi

37. ZARBAAAAAA. Abbos Elmurodovdan navbatdagi reyd. Biroq darvozabonimizning zarbasini raqib posboni bartaraf etdi

36. Darvozabonimiz darvozani tark etib hujum uyishtirishga harakat qildi, ammo undan raqib futzalchilari to'pni egallab oldi va zarba yo'lladi. Baxtimizga zarba biroz noaniq ketdi

35. Argentina futzalchilari beshinchi marotaba qo'pollik ishlatishmoqda. Keyingi qo'pollik dabl penalti

33. Klaudino yaxshi imkoniyatga bo'ldi, biroq zarba noaniq

31. UXXXXX. Hamyurtlarimiz ikkinchi bo'limdagi eng xavfli vaziyatlarini yaratdi. Darvozabonimiz yarim maydoni bosib o'tib, Nishonovga uzatmani amalga oshridi, biroq Xusniddining zarbasiga zarbasiga aniqlik etishmadi

 

29. Lukas Bolo bugungi uchrashuvda ancha faol harakat qilmoqda. Uning navbatdagi zarbasiga biroz aniqlik etishmadi

Barcha muammolar bartaraf etildi va uchrashuv davom etmoqda

Uchrashuv nomalum sababga ko'ra vaqtincha to'xtab turibdi. Katta ehtimol bilan uchrashuv tablosida muammolar paydo bo'lgan

25. ZARBAAA. Lukas Bolo jarimadan kuchli zarba yo'lladi, Elmurodovdan seyf

25. Mehmonlar ikkinchi bo'limda katta ustunlikka ega bo'lishmoqda

23. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalari ancha sokin o'tmoqda

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI

Birinchi bo'lim yakunlandi

20. Davron CHoriev to'pni to'xtamasdan zarba yo'lladi, biroq noaniq

20. Elmurodov birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida o'ynovchi darvozavon sifatida harakat qilmoqda

18. ZARBAAAAA. Futzalchilarimiz raqib jarima maydonchasining ichida pressing qilib to'pni egallab oldi, ammo Anasxoning zarbasi biroz noaniq ketdi

17. Nishonovning zarbasiga ham biroz aniqlik etishmadi

17. ZARBAAAA. Javlon Anorovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi

16. Bahodir Ahmedov ham taym-out olishga qaror qildi. Futzalchilarimiz tanaffusdan so'ng qulay jarima zarbasini amalga oshirishadi

15. CHoriev va Nishonov bitta himoyachiga qarshi harakat qilishdi. Biroq Davroning uzatmasiga aniqlik etishmadi

14. Mehmonlar murabbiyi birinchi bo'lim uchun belgilagan tanaffusni olishga qaror qildi

14. ZARBA. Geratining zarbasini Elmurodov bartaraf etdi


13. Mehmonlar qulay jarima zarbasiga ega bo'lishdi. Argentina terma jamoasi juda tezkor harakatlari bilan futbolchilarimizni shoshirib qo'yishmoqda. Yaxshiyamki zarbaga aniqlik etishmadi

12. CHORIEV. Raqib jarima maydonchasining ichida to'pni olib qo'ydi va zarba yo'lladi, biroq to'p darvozaboning boshiga tegib yo'nalishini o'zgartirib ketdi

10. Futzalchilarimiz jarima maydonchasining ichida pala-partish harakat qilishmoqda. Baxtimizga mehmonlar bunday xatolarni kechirmoqda

9. ZARBAAA. Ropievning navbatdagi zarbasiga aniqlik etishmadi

8. GOL. Tripodi uchrashuvdagi hisobni ochdi

7. Lukas Tripodi qanotdan qochib ketib zarba yo'lladi, ammo baxtimizga to'p darvozaga bormadi

6. ZARBAAAA. Nishonov to'qqiz metrlardan kuchli zarba yo'lladi, biroq darvozabon to'pni qiyinchilik bilan qaytarib yubordi

4. Rosa jarima maydonchasining ichidan kuchli va aniq zarba yo'lladi, darvozaboniz to'pni qaytardi.

3. Usmonov qanotdan yaxshi kirib bordi, ammo darvozabon o'z o'rnida

2. UXXXXX. Nishonov Xamroevga ajoyib uzatmani amalga oshirdi, biroq futzalchimizning yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

2. Mehmonlar ucharshuvdagi ilk xavfli hujumni tashkil etishdi. biroq Brandining zarbasini himoyachilar burchakka chiqarib yubori

1. Elmurod Abbosov darvozadan chiqib zarba yo'lladi, biroq noaniq

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Har ikki mamlakat madhiyasi yangradi

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda

Jamoalar chigal yozdi mashg'ulotlarni olib borishmoqda


O'zbekiston va Argentina futzal terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi soat 18:30 da boshlanadi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика