So’nggi yangiliklar

01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  0 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  4 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  3

Futzal. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda Yangiliklar

Futzal. Osiyo chempionatiga tayyorgarlik davom etmoqda

Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionati saralash bosqichining A guruhida 1-o'rinni egallab, qita chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.

Futzalchilarimiz shu yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bahodir Ahmedov va Nodir Eliboev ustozligida terma jamoamiz safar oldidan so'nggi yig'inni 15 yanvarda boshlagandi.

Futzalchilar “CHig'atoy” sport bazasida yashab, “Bunyodkor” futbol Akademiyasiga qarashli sport zalda mashg'ulotlar olib borishyapti. Mashg'ulotlarda kunning birinchi yarmida jismoniy tayyorgarlikka, ikkinchi yarmida esa texnik-taktik hamda standart vaziyatlardan foydalanish jihatlariga etibor qaratilyapti.

Terma jamoamiz 28 yanvar kuni o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasidagi so'nggi mashg'ulotlarini olib boradi. Yig'inlarda ishtirok etayotgan 18 nafar nomzod futzalchilardan bosh tarkibga kiruvchi 14 nafari tanlab olinadi va 29 yanvar kuni termamiz Xitoy Taypeyi sari safarga otlanadi.





Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика