So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  9 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Futzal. Osiyo chempionati qurasiga bag'ishlangan matbuot anjumani Yangiliklar

Futzal. Osiyo chempionati qurasiga bag'ishlangan matbuot anjumani

Bugun Osiyo chempionatiga qura tashlash jarayonidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.

"Birinchi navbatda O'zbekistonga kelganimdan xursandman. Musobaqa O'zbekistonda o'tishidan mamnunman. Ishonamanki Osiyo chempionati yuqori saviyada tashkil etiladi. Osiyoning kuchli 5ta jamoasi Jahon chempionatiga yo'llanma olishiga tilakdoshman", - deydi Saudiya Arabistoni futzal terma jamoasi vakili janob Saloh.

"Barcha tashkilotchilarga rahmat aytman. Qatarning juda qiyin guruhga tushdi. Biz kimga qarshi o'ynashimizdan qati nazar keyingi bosqichga chiqishga urinamiz. Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib boramiz", - deydi Qatar futzal terma jamoasi vakili janob Abdulloh.

"Osiyo chempionatida kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. O'zbekiston ham o'z uyidagi chempionatga maksimal tarzda tayyorgarlik ko'rib bormoqda. Guruhda barcha jamoalarning imkoniyati bir xil. O'zbekiston terma jamoasi oldiga Jahon chempionatiga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan. Yanvar oyida Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida muzokaralar olib borilmoqda", - deydi Jahongir Rahmatullaev. 

- O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Agar Qatar bu o'yinlarda yutqazib qo'ysa musobaqadan oldin ruhiy bosim bo'lmaydimi?

- Bu o'yin ancha oldin rejalashtirilgandi. Biz kuchli raqib bilan o'yinda o'zimizning kuchli va kuchsiz tomonlarimizni ko'rib olamiz. O'zimizning tayyorgarligimiz qay darajada ekanini bilib olmoqchimiz.

- Fevral oyida Toshkentda juda sovuq bo'ladi. Bu arab jamoalariga tasir qilmaydimi?

- Yo'q. Futzal zalda o'ynaladi. SHu bois muammo bo'lmaydi. Bizning jamoadagi bir qator futbolchilar umrida qorni ko'rmagan. Aynan Toshkentda qorni ko'rishlari mumkin (kuladi).



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика