So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  3 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  14 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2004 Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2004

SHu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Unda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bugundan boshlab shu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etishda davom etamiz.

JCH-2004



Mini futbol bo'yicha beshinchi Jahon chempionati Xitoy Taypeyida o'tkazilgan. 21 noyabrdan 5 dekabrga qadar davom etgan musobaqada qatorasiga ikkinchi bor Ispaniya terma jamoasi g'alaba qozongan.

Falkao etakchiligidagi Braziliya 2000 yil Gvatemala finalidagi mag'lubiyat uchun Ispaniyadan o'ch olish uchun Xitoy Taypeyiga tashrif buyurishadi. Guruh bosqichini osongina yakunlagan brazillar kubokni qaytarib olishga tayyor ekanliklarini namoyish etgandek bo'lishdi. Ammo, "Futbol sehrgarlari"ni yarim finalda yana o'sha "Qizil furiya" to'xtatib qoladi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlanadi. Penaltilar seriyasida esa omad ispanlarga kulib boqadi. Braziliya uchinchi o'rin uchun bahsda qitadoshi Argentinaga hech qanday imkon qoldirmaydi - 7:4.

Ispaniya birinchi bosqichda Ukraina, Xitoy Taypeyi va Misr terma jamoalari darvozasiga 19ta to'p kiritib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoladi. Ikkinchi bosqichda esa CHexiya, Italiya va Portugaliya mag'lub etiladi. Yarim finaldagi o'yinga esa yuqorida to'xtaldik. Xaver Lozano shogirdlari hal qiluvchi bellashuvda Evropaning amaldagi chempioni bo'lgan Italiya terma jamoasi bilan  to'qnash keladi. Qizig'i, Evropa chempionati yarim finalidagi scenariyning aksi bo'ladi. Yani, Evroda Italiya ispanlarni 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, mundial finalida ispanlar huddi shu hisobda ustun kelishadi. SHu tariqa, Ispaniya terma jamoasi qatorasiga ikkinchi marotaba Jahon chempionati degan nomga sazovor bo'ladi.

Braziliyalik Falkao beshinchi mundialning yorqin yulduziga aylanadi. Musobaqa davomida raqiblar darvozasiga 13ta to'p kiritgan Falkao oltin butsa bilan birga oltin to'pga ham ega chiqadi.



JCH-2004, Final
05.12.2004, "National Taiwan University" sport saroyi
Bosh hakam: Xuan Karlos Skansalepor (Xorvatiya)
Muxlislar: 3500

Ispaniya - Italiya 2:1
Gollar
: Kike 24, Marselo 30 - Sandro Zanetti 40

Ispaniya: Amado, Julio, Torras, Serrexon, Orol, Xavi Rodriges, Kike, Andreu, Limones, Marselo.

Italiya: Feller, Grana, Pellegrini, Montovanelli, Zaffiro, Bertoni, Bakaro, Fabiano, Foglia, Morgado, Sandro Zanetti.

Ogohlantirishlar: Orol 35, X.Rodriges 37



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2004
O'tkazilgan joyi
: Xitoy Taypeyi
O'tkazilgan shaharlar: 2 (Taypeyi siti, Linkou)
O'tkazilgan sanasi: 21 noyabr - 5 dekabr, 2004 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 50923 (har o'yinga 1273)
Urilgan gollar: 237 (har o'yinga 5.93ta gol)
To'purar: Falkao (Braziliya, 13ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Falkao (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya

Sovrindorlar
CHempion
- Ispaniya
Ikkinchi o'rin - Italiya
Uchinchi o'rin - Braziliya
To'rtinchi o'rin - Argentina


Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2000. "Yangi qirol"

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1996. "Engilmas qurol"

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1992

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1989


Tolibjon Qosimov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика