Futzal: Kolumbiyaga kimlar boradi?
23 fev 2016 11:46
Yangiliklar
Futzal: Kolumbiyaga kimlar boradi?
SHu sababli bu safargi jahon chempionati haqida muhim faktlarni etiboringizga taqdim etishga qaror qildik.
Jahon chempionati 10 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Kolumbiyada bo'lib o'tadi. Bahslar Kalidagi “Kolizeo Pueblo” (18000), Bukaramangadagi “Kolizeo Bisentenario” (8000) va Medellindagi “Kolizeo Ivan De Bedu” arenalarida o'tkaziladi.
Mundialda 24 jamoa 6 guruhga 4tadan bo'linadi. Guruh g'oliblari va 3-o'rin sohiblaridan 4ta eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgani nimchorak finalga yo'llanma oladi. Hozirgacha mundialda ishtirok etadigan quyidagi jamoalar nomi malum:
Osiyo: Eron, O'zbekiston, Tailand, Vetnam, Avstraliya
KONMEBOL: Kolumbiya, Argentina, Braziliya, Paragvay
Okeaniya: Solomon orollari

Afrikada qita chempionati aprelda JARda bo'lib o'tadi. Unda yuqori uch o'rinni egallagan jamoalar mundialda qatnashadi. KONKAKAFda esa may oyida Kosta Rikada 4 baxtli jamoa aniq bo'ladi. Har ikki mintaqada final bosqichida 8tadan jamoa ishtirok etadi.
Evropada esa saralash bahslari alohida tashkil etiladi. Oxirgi pley-off raundida 7 juftlik 22 mart va 12 aprel kunlari uy-safar tizimida to'qnash keladi. G'oliblar mundial yo'llanmasiga ega chiqadi. JCH yo'llanmasi uchun quyidagi jamoalar to'qnash keladi:
Sloveniya - Ispaniya
Slovakiya – Ukraina
Polsha – Qozog'iston
Serbiya – Portugaliya
Belarus – Rossiya
Gollandiya – Ozarbayjon
Vengriya – Italiya
Behzod Nazarov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar