Futzal. AGMK uddaladi!
11 avg 2019 14:18
Yangiliklar
Futzal. AGMK uddaladi!
"Al Rayyan" (Qatar) - AGMK (O'zbekiston) 5:7
Gollar: Muhammad Tohiriy (1, 1:0), Davron CHoriev (3, 1:1), Ixtiyor Ropiev (5, 1:2), Muhammad Safariy (10, 2:2), Davron CHoriev (13, 2:3), Akbar Usmonov (17, 2:4), Akbar Usmonov (18, 2:5), Muhammad Safariy (22, 3:5), Muhammad Safariy (24, 4:5), Muhammad Tohiriy (26, 5:5), Husniddin Nishonov (28, 5:6), Ixtiyor Ropiev (34, 5:7).
"Al Rayyan": 1. Abdulrahmon al-Qahton, 12. Ahmad Halil, 13. Ali al-Ajmi, 2. Maaz Yusuf, 3. Saad al-Mohannadi, 4. Muborak al-Jarboiy, 5. Said al-Bulushi, 6. Muhammad Safariy, 7. Muhammad Tohiriy, 8. Abdulrahmon al-Yafiy, 9. Xazem Sami Salim, 10. Abdulloh Salim, 11. Rashid al-Boinin, 14. Muborak al-Muxaza.
AGMK - Dastlabki beshlik: 1. Rustam Umarov, 4. Ixtiyor Ropiev, 5. Ilhom Hamroev, 6. Husniddin Nishonov, 7. Dilshod Rahmatov.
Zaxiradagilar: 2. Abbosbek O'lmasbekov, 3. Mashrab Odilov, 8.Davron Valijonov, 9. Alan Aminov, 10. Akbar Usmonov, 11. Timur Berdiev, 12. Davron CHoriev, 13. Islombek Biyturaev, 14. Anasxon Rahmatov.
1. GOL! Tohiriy ilk hujumdanoq unumli foydalandi, 1:0.
3. GOOOOLLL!!!! Davron CHoriev penaltidan darvozani ishg'ol qildi, 1:1.
5. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Ixtiyor Ropiev raqiblarning xatosidan keyin AGMKNi hisobda oldinga olib chiqdi, 1:2!
8. Akbar Usmonovni raqiblar o'z jarima maydonchasi ichida yiqitgandi. Biroq hakamlar xushtagini chalmadi.
9. Dilshod Rahmatov birga bir holatdan unumli foydalana olmadi.
10. GOL! AGMK ketma ket hujumlar qilayotgan paytda Muhammad Safariy darvozamizni ishg'ol qildi, 2:2.
13. GOOOOOOLLLL!!! Akbar Usmonovning ajoyib pasidan keyin Davron CHoriev osonlik bilan raqib darvozasiga gol kiritdi, 2:3!
15. Ilhom Hamroevning chiroyli zarbasini raqiblar darvozaboni qaytardi.
16. Said al-Bulushi ogohlantirildi. Raqiblarning deyarli butun bir tarkibi asabiylashmoqda.
17. GOOOOOOOOLL!!! Akbar Usmonov raqiblar darvozaboni xatosidan unumli foydalandi, 2:4!!!
18. GOOOOOOOOOOLL!!!!! Akbar Usmonovdan shedevr gol! U uzoqroq masofadan darvozaning yaqin burchagini kuchli zarba bilan nishonga oldi, 2:5!
18. Vakillarimiz istalgancha, xohlasa unday, istasa bunday o'ynamoqda. Bu o'yinni ko'rish bizga zavq beryapti!
20. Birinchi bo'lim yakunlandi. Ajoyib bo'lim!
21. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
21. Mashrab Odilovning zarbasini raqiblar darvozaboni qaytardi. Polvonlarimiz ikkinchi bo'limni ham ajoyib boshlashdi! ))
22. GOL! Yana shunday bo'ldi. AGMK bosimni davom ettirayotgan vaqtda raqiblar hisobni qisqartirishdi. Muhammad Safariy darvozabonimizni aldab o'tib, bo'sh darvozani ishg'ol qildi, 3:5.
24. GOL! Muhammad Safariy AGMK futbolchilarining seriyali xatolaridan unumli foydalandi, 4:5! Nimalar bo'lmoqda-a!
25. Xatolar ko'payib ketdi. Yigitlar unday qilish kerak emas!
26. GOL! Yigitlar o'yinni tashlab yuborishdi. Tohiriy kuchli zarbasi bilan darvozamizni ishg'ol qildi, 5:5!
28. GOOOOOOOOOOOLLL!!!! Nishonooovvvvv!!! Nahotki yigitlarimiz o'ziga kelishmoqda! 5:6!
30. O'yinni raqiblar boshqarishmoqda. AGMK futzalchilari ishonchni yo'qotib qo'ygandek. G'alabani ushlab qolish kerak endi.
32. Ropievning zarbasini raqiblar posboni qaytardi. Kuchli zarba berilgandi.
34. GOOOOOOLLL!!! Ropiev nihoyat gol urdi. Raqibni aldab o'tib, darvozaning uzoq burchagi "mixlandi"! 5:7! Ammo bo'shashishga imkoniyat yo'q!
36. ZO'O'O'RRR!! Ajoyibbb!! Fol ishlatdik, dabl penalti belgilandi. Tohiriy zarba berdi. Umarov "olib chiqdi"! Uning oyog'iga tekkan to'p darvozamizning ustuniga borib tegdi.
O'YIN TUGADI!! AGMK KLUBLAR O'RTASIDAGI OSIYO CHEMPIONATI GURUH BOSQICHIDAN CHIQDI. PLEY-OFF O'YINLARIDA ULARGA OMAD TILAYMIZ!
Fikrlar