Futzal klassikosida yana “Lokomotiv” g'olib bo'ldi
03 fev 2014 20:30
Yangiliklar


Futzal klassikosida yana “Lokomotiv” g'olib bo'ldi
Bugundan boshlab Qarshi shahrida Futzal bo'yicha XVIII O'zbekiston chempionati 1-bosqich 4-tur uchrashuvlari 3-7 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
3 fevral sanasida ushbu turning birinchi kun uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turdan o'rin olgan “futzal klassikosi”da Toshkent shaxrining eng kuchli klublari Lokomotiv va Ardus maydonga tushdilar. Murosasiz kechgan baxs temiryo'lchilarning ishonchli 4:2 hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. GollarniLoko tarkibida Konstantin Sviridov, Furqat Azizov, Faxriddin Samegov va Oleg Holmexamedovlar kiritishdi. Ertaga Ahadjon Yusupov shogirdlariStroitel-Zarafshonklubigaqarshi maydonga tushadilar.
Natijalar bilan tanishing:
Futzal. Oliy liga
1-bosqich. 3-tur. "Qarshi" futzal kompleksi
Birinchi kun uchrashuvlari. 03.02.14
"Maksam-CHirchiq" - Stroitel" 17:2
"Turon" - "Paxtakor" 4:1
"Kogon" - "Bunyodkor" 3:3
"Do'stlik-AIN" - "Nafis" 2:3
"Ardus" - "Lokomotiv" 2:4

Fikrlar