Futzal. JCH-2021. Qozog'iston va Venesuela muddatidan oldin pley-offga chiqdi + jadval
17 sen 2021 11:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/658397_original.jpg)
![](/upload/storage/658397_220.jpg)
Futzal. JCH-2021. Qozog'iston va Venesuela muddatidan oldin pley-offga chiqdi + jadval
"A" guruhida qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi ikkinchi turda Litva terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Unda Paulo Figeroa boshqaruvidagi Qozog'iston mezbonlarni yirik hisobda taslim qilgan - 3:0. Guruhdagi ikkinchi qarama-qarshilikda esa Venesuela terma jamoasi Kosta-Rikani minimal hisobda engdi. SHu tariqa, bu guruhda Qozog'iston hamda Venesuela terma jamoalari muddatidan oldin pley-off yo'llanmasini naqd qilishdi. So'nggi turda bu jamoalar o'zaro o'yinda guruh g'olibini aniqlab olishadi.
Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021
"A" guruhi
2-tur, 15.09.2021
Kosta-rika - Venesuela 0:1
"Kaunas Arena", Kaunas
Gol: Morillo 18
Ogohlantirishlar: D.Vargas 30 - Teran 28
Litva - Qozog'iston 0:3
"Kaunas Arena", Kaunas
Gollar: Taynan 1, Tursagulov 30, Akbalikov 36
Ogohlantirish: Buchma 13 (Litva)
"A" guruhida 3-tur taqvimi
18.09.2021
22:00. Venesuela - Qozog'iston
22:00. Kosta-Rika - Litva
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar