Futzal. JCH-2020ni o'tkazishga da'vogarlar nomi ma'lum

Tolibjon Qosimov
26 may 2016, 14:51
Bundan bir hafta oldin futzal bo'yicha 2016 yilgi mundialga qur'a tashlangan edi.

FIFA 2020 yil bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirgan mamlakatlar nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, Kosta-Rika, Xorvatiya, Eron, Yaponiya, Qozog'iston, Litva, Yangi Zelandiya hamda BAA davlatlari Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Federatsiyasiga musobaqani o'zlarida o'tkazish uchun ariza topshirishgan.

Shu kungacha yuqoridagi 8 mamlakatdan birortasi har to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasini o'z uyida o'tkazmagan. Bundan tashqari, hech bir Jahon chempionatini o'tkazishga buncha davlat ariza topshirmagan edi.

FIFA 5 avgustga qadar barcha mamlakatlarning taqdimotini va kerakli xujjatlarni ko'rib chiqadi. 2020 yilgi mundial qayerda o'tishi esa dekabrda e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilgi Jahon chempionati 10 sentyabrdan 1 oktyabrgacha Kolumbiyada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz