Futzal. JCH-2016 birinchi goli muallifi - misrlik Elashval
11 sen 2016 02:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/220700_original.jpg)
![](/upload/storage/220700_220.jpg)
Futzal. JCH-2016 birinchi goli muallifi - misrlik Elashval
Futzal bo'yicha sakkizinchi Jahon chempionatiga start berildi.
Ayni paytda musobaqaning ilk o'yini Kuba hamda Misr terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvning 2 daqiqasida misrlik Abdulrahmon Elashval o'tkir burchakdan kubaliklar darvozasini ishg'ol qildi. 23 yoshli futzalchi JCH-2016da kiritilgan birinchi gol muallifiga aylandi. Ayni paytda Misr 2:0 hisobida oldinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z o'yinini Toshkent vaqti bilan 04:00da boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar