So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  39 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  0 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  3 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  22 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  0 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 23:19Бир-икки, бир-икки...  7 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  13 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  2 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  3 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  1 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  66 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  1 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  7 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  1

Futzal. Javlon Anorov: “Jahon chempionatiga tayyorgarlik puxta olib borilmoqda” Yangiliklar

Futzal. Javlon Anorov: “Jahon chempionatiga tayyorgarlik puxta olib borilmoqda”

Xabaringiz bor, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz o'z tarixida ilk bor mundialda qatnashadi. SHu bois futzalchilarimiz kuz faslining ilk oyida bo'lib o'tadigan chempionatga tayyorgarlikni ancha oldin boshlashgan. Biz terma jamoamiz azosi Javlon Anorovdan tayyorgarlik hususiy intervyu olishga qaror qildik. Futzalchimizga dastlab “Olmaliq” jamoasining klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatidagi ishtiroki haqida savollar berdik.

- Yaqinda “Olmaliq” safida Tailanddagi klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashib qaytdingiz. Musobaqa haqida nimalar deya olasiz?

- Haqiqatdan ham, Tailandda Osiyo qitasining eng kuchli klublari ishtirokida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi. Unda biz Eronning “Tasisat Daryoi” va Livanning “Al Mayadin” klublari bilan kurash olib bordik. Birinchi turda musobaqaning amaldagi g'olibi bo'lgan eronliklarga qarshi to'p tepdik. Qiyin kechgan bahsda kichik hisobda mag'lub bo'ldik. Omad tufayli mag'lub bo'ldik deya olaman. Ikkinchi turda “Al Mayadin” bilan durang o'ynab guruhda ikkinchi o'rin bilan chorak finalga chiqdik.

Tan olish kerak ikkala bahs ham juda og'ir o'tdi. CHorak finalda musobaqa mezboni “CHonburi Blyuveyv”ga qarshi o'ynadik. Bahsni yomon boshlamagandik. Birinchi daqiqadayoq hisobni ochishga erishdik. Biroq Davron CHorievning qizil kartochka olishi va SHuhrat Tojiboevning jarohat olishi bizga qimmatga tushdi. SHu bois yurishimizni chorak finalda to'xtatishga majbur bo'ldik.


- Tarkibga boshqa klublardan terma jamoa azolarining qo'shilgani qanchalik yordam berdi?
- To'g'ri Tailandga biz bilan “Ardus”ning ikki futzalchisi Farhod Abdumavlonov va Davron CHoriev, “Do'stlik AIN” klubidan Feruz Fahriddinov ham bordi. Ular terma jamoamiz azolari hisoblanishadi. SHubhasiz ular bilan “Olmaliq” ancha kuchaydi. Uchala o'yinchi ham guruh bosqichida gol urishga muvaffaq bo'lgani so'zimga isbot bo'ladi.

- Musobaqada ilk bor qatnashgan “Olmaliq” oldiga qanday vazifa qo'yilgandi?

- Birinchi marta bo'lsa ham maqsadimiz kamida yarim finalga chiqish edi. Afsuski yuqorida aytganimdek musobaqa mezbonlari bilan bahsda ayrim faktorlar tufayli imkoniyatni boy berib qo'ydik. Nasib qilsa kelgusi yilda ham Osiyo chempionatida ishtirok etamiz. Bu safar natijamizni yaxshilaymiz deb o'ylayman.

- Endi terma jamoa hususida gaplashsak. O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiyadagi mundialga tayyorgarlikni ancha oldin boshlagan. Hozirda tayyorgarligimiz hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda. Asosan jismoniy va taktik mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Takidlash lozimki mashg'ulotlar ancha kuchaytirilgan va tezkor rejimda bo'lib o'tmoqda.

Qozog'iston terma jamoasi bilan o'yinlardan oldin fikrlaringiz?

Qozog'iston terma jamoasi UEFA azosi hisoblanadi. Terma jamoa safida braziliyalik futzalchilar bor. SHu bois ular juda kuchli. Ikkala o'rtoqlik uchrashuvi ham og'ir o'tishi aniq. Bosh murabbiy Xose Mariya Mendez doim o'rtoqlik uchrashuvlari kuchli jamoalarga qarshi o'tishini istaydi. SHu sababli ham aynan Qozog'iston terma jamoasi tanlandi. Mashqda qiyin bo'lsa jangda oson bo'ladi. Qo'shnilarimiz ham bizga o'xshab mundialga tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHu bois ikkala jamoa ham o'z maqsadi sari intilishda davom etadi.


Guruhimizda musobaqa mezboni Kolumbiya, jahoning eng kuchli futzalchisi o'ynayotgan Portugaliya va Panama terma jamoalari bor. Raqiblar haqida nima deya olasiz?  
- Har qanday musobaqada mezbon jamoa kuchliroq o'ynaydi. Biz buni fevral oyida Toshkentdagi Osiyo chempionatida isbotladik. Kolumbiya ham o'z muxlislari qarshisida g'olib bo'lishni istaydi. Panama terma jamoasiga ko'pchilik autsayder maqomini bermoqda. SHaxsan men bunday demagan bo'lardim. Men uchun Panama emas Portugaliya autsayder.

- Mundialga 1 oy vaqt qoldi. Futzalchilar musobaqaga qay darajada tayyor deb o'ylaysiz?

- Jahon chempionatiga 1 oy vaqt qolganiga qaramay barcha yigitlar tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Murabbiylar terma jamoani aynan sentyabr oyi boshiga jismonan tayyor holatga olib borish uchun maxsus dastur asosida ishlashmoqda. Qozog'istondan tashqari Eron va Evropaning kuchli jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tadi. O'sha bahslar orqali Kolumbiyadagi mundialga puxta tayyorlanamiz deb o'ylayman.

O'zbekiston terma jamoasi birinchi bor Jahon chempionatida qatnashmoqda. Jamoamizdan qanday natija kutsak bo'ladi?

- Ilk bor mundialda ishtirok etishimizga qaramay o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. O'zbekiston mamlakatida futbol va futzal rivojlanayotganini butun dunyoga ko'rsatish uchun okeantortiga boramiz. Nasib qilsa yuzimiz yorug' holda yurtimizga qaytamiz.

Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика