So’nggi yangiliklar

23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  6 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  12 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  9 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  1

Futzal. Jahon chempionati-2021ga qura tashlandi. O'zbekiston terma jamoasi Rossiya, Misr va Gvatemala bilan bir guruhda Yangiliklar

Futzal. Jahon chempionati-2021ga qura tashlandi. O'zbekiston terma jamoasi Rossiya, Misr va Gvatemala bilan bir guruhda

Xabaringiz bor, bu yil futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati Litva mamlakatida bo'lib o'tadi.

SHu yilning 12 sentyabr - 3 oktyabr kunlari o'tkaziladigan musobaqa qura tashlash marosimi boshlanmoqda. Ushbu sahifada jarayonni onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH


O'zbekiston milliy terma jamoasi mundialning "B" guruhida Rossiya, Misr va Gvatemala terma jamoalari bilan bahs olib boradi.


"A" guruhi

A1 Litva

A2 Venesuela

A3 Qozog'iston

A4 Kosta-Rika


"B" guruhi

B1 O'zbekiston

B2 Gvatemala

B3 Rossiya

B4 Misr


"C" guruhi

C1 Tailand

C2 Portugaliya

C3 Marokash

C4 Solomon orolllari


"D" guruhi

D1 Panama

D2 CHexiya

D3 Vetnam

D4 Braziliya


"E" guruhi

E1 Angola

E2 Yaponiya

E3 Paragvay

E4 Ispaniya


"F" guruhi

F1 Argentina

F2 AQSH

F3 Serbiya

F4 Eron


20:20. Birinchi savatchadagi terma jamoalar o'z guruhlarini bilib olishdi. Navbat ikkinchi savatdagi jamoalaraga.

20:16. Rossiya terma jamoasi "B" guruhiga tushdi.

20:15. Odatga ko'ra, mezbon terma jamoa "A" guruhidan joy oldi. Litva bu guruhda birinchi jamoa bo'ladi.

20:12. Mundial Litvaning uchta shahrida bo'lib o'tadi. Bular: Vilnius, Kaunas va Klaypeda.

20:10. Futzal bo'yicha ikki karra Jahon chempioni ispaniyalik Kike ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

20:07. Marosimni olib borayotgan xonim sahnaga Litva futboli afsonasi Edgaras Yankauskasni taklif qildi.

20:04. FIFA prezidenti Janni Infantinoning oldindan yozib olingan so'zlari qo'yib eshittirildi.

20:01. 2016 yil Kolumbiyada o'tkazilgan mundialdan lavhalar qo'yib berildi.


Qurani ko'rish uchun havola



Boshlanmoqda...


Savatchalar mana shunday ko'rinish olgan.


Malumot uchun Kike ispaniyalik va o'z terma jamoasi bilan 5 marotaba mundialda ishtirok etgan. 2000 va 2004 yillarda Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo'lgan.

19:53. Bugungi qura tashlash marosimida futzal afsonalaridan biri Kike hamda Litva futboli afsonasi Edgaras Yankauskas ishtirok etadi.

19:50. Ayni paytda qura tashlash marosimi uchun deyarli hamma narsa shay, buni o'zingiz suratlarda ham ko'rishingiz mumkin.


Mundialda jami 24 terma jamoa ishtirok etadi va jamoalar 4tadan 6 guruhga bo'linadi.

Quradan avval barcha ishtrokchi jamoalar 6tadan 4ta savatchaga bo'lib chiqildi. O'zbekiston terma jamoasi oxirgi 4-savatchadan joy oldi. Bu degani futzal terma jamoamiz 4-savatchadagi jamoalar bilan bir guruhdan joy olmaydi. 

1-savatcha: Litva (mezbon), Braziliya, Ispaniya, Argentina (amaldagi chempion), Portugaliya, Rossiya.

2-savatcha: Eron, Paragvay, Misr, Kosta-Rika, Tailand, CHexiya. 

3-savatcha: Solomon orollari, Yaponiya, Gvatemala, Qozog'iston, Serbiya, Panama.

4-savatcha: O'zbekiston, Angola, Marokash, Venesuela, AQSH, Vetnam. 

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика