So’nggi yangiliklar

07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  1 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  7 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  3 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  4 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  2 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  2 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4

Futzal. Hosseyn Tayebi - Osiyo chempionatining eng yaxshi to'purari Yangiliklar

Futzal. Hosseyn Tayebi - Osiyo chempionatining eng yaxshi to'purari

Bugun Xitoy Taypeyida o'tkazilgan futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Finalda Eron Yaponiyani 4:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixida 12-marta chempionlikni qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin esa penaltilar seriyasiga ko'ra Iroqdan ustun kelgan O'zbekistonga nasib etganidan xabaringiz bor.

Eronlik Hosseyn Tayebi 14ta gol gol bilan bu yilgi musobaqaning "Eng yaxshi to'purari" sovrinini qo'lga kiritdi. SHunday qilib Tayebi o'z faoliyatida ikkinchi bor ushbu sovringa sazovor bo'lodi. U to'rt yil oldin Vtetnamda o'tkazilgan Osiyo chempionatida ham to'purar bo'lgandi.

Tayebi bu musobaqada uch marta xet-trik qilishga erishdi: Myanma, Xitoy va Tailand bilan kechgan o'yinlarda. SHuningdek, finalda Yaponiya darvozasini ikki bor ishg'ol qildi.

Osiyo chempionatlarining barcha eng yaxshi to'purarlari

1999 yil. Kozim Muhammadi (Eron), Rizo Rizoyi Kamol (Eron) - 18
2000 yil. Terdsak CHayman (Tailand) - 11
2001 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 31
2002 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 26
2003 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 24
2004 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 32
2005 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 23
2006 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 16
2007 yil. Kenichiro Kogure (Yaponiya) - 12
2008 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 13
2010 yil. Muhammad Taheri (Eron) - 13
2012 yil. Vohid SHamsayi (Eron) - 7
2014 yil. Hosseyn Tayebi (Eron) - 15
2016 yil. Subhavut Txueanklang (Tailand) - 14
2018 yil. Hosseyn Tayebi (Eron) - 14

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика