Futzal. Farg'onada mavsum start oldi
06 apr 2018 21:45
Yangiliklar


Futzal. Farg'onada mavsum start oldi
O'yin avvalida ochilish marosimi o'tkazildi.
Unda so'zga chiqqan Farg'ona FA vice-prezidenti Tohir Kapadze barchani mavsum boshlangani bilan tabrikladi va jamoalarga omad tiladi. SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi madxiyasi yangradi.
O'yin juda shiddatli kechdi. Tezkor hujumlar, xavfli zarbalar va umuman olgan xayajonli lahzalar boy bellashuvga guvohi bo'ldik deyish mumkin. “Neftchi” ham “Lokomotiv” ham tinimsiz hujumlar yomg'irini “yog'dirishdi”.
Uchrashuvda G'ulom Mamajonov “Neftchi” foydasiga hisobni ochib berdi. Ikkinchi bo'limni oxiriga kelib “Lokomotiv” mazkur to'pga javob qaytardi. Aytish kerakki, hisob tenglashgach mehmonlar hujumlari soni yanada ortdi. Biroq Farrux Zokirov bosh murabbiyligidagi farg'onaliklar birgina qarshi hujumda raqibni jazolab g'alaba to'pini kiritishdi. Yakuniy hisob 2:1. “Neftchi” ilk o'yinda “Lokomotiv”dan ustun keldi. 7 aprel kuni mazkur jamoalarning javob bahsi o'tkaziladi. Ushbu raqobat ham soat 18:00ga belgilangan.
“Neftchi” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar