So’nggi yangiliklar

00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  0 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  17 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  2 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  64 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3

Futzal. Ertangi Superkubok uchrashuvi uchun prevyu Yangiliklar

Futzal. Ertangi Superkubok uchrashuvi uchun prevyu

Ertaga – 22 sentyabr kuni Olmaliq shahrida futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tadi.

Unda amaldagi mamlakat chempioni va kubogi sohibi – AGMK jamoasi O'zbekiston kubogi finalchisi “Lokomotiv”ga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu jamoalar Superkubok o'yiniga turli kayfiyatda etib keldi. Aleksandr Petrov boshqaruvidagi AGMK jamoasi ortda qolgan 4 turdan so'ng 27 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.

Mavsum avvalida olmaliqliklar safini bir qator etakchi futzalchilar tark etgan bo'lsada, jamoa yaxshi o'yin namoyish etmoqda. 11 o'yinda 9 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan Petrov shogirdlari bu mavsum ham chempionlik uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi.

Ikki karra O'zbekiston chempioni va yana shuncha bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan “Lokomotiv” jamoasi uchun mavsum oson o'tayotgani yo'q. Ahad Yusupov qo'l ostida “temiryo'lchilar” joriy mavsum chempionat doirasida 11 uchrashuvda ishtirok etdilar va ularda 3 g'alaba, 1 durang hamda 7 mag'lubiyat qayd etildi.

Iqtibos

Sevastyan Mojaev (“Lokomotiv” futzalchisi): “Hozircha ishlarimiz yaxshi emas, jamoamiz natijalari ijobiy tomonga o'zgarmayapti. Biz ko'prog'ini istaymiz. O'z ustimizda ko'proq ishlashimiz kerak. Ayni damda jamoaning katta qismini yoshlar tashkil qiladi. Albatta, tajribali futbolchilar bor, lekin ayrimlari futzaldagi ilk mavsumini o'tkazmoqda.

“Paxtakor” va AGMKga qarshi o'ynash juda qiyin. Ushbu jamoalar tarkibida O'zbekiston milliy termasida o'ynayotgan futzalchilar yig'ilgan. Ha, milliy chempionat yildan yilga kuchayib bormoqda. Buni jamoalardagi o'sishdan ham kuzatish mumkin.

Ammo, ushbu mavsumdagi o'yinlarga qaraydigan bo'lsak, AGMK — o'ynasa bo'ladigan raqib. Jamoani bir necha tajribali futzalchilar tark etgan. Biroq kurash oson bo'lmaydi, biz ham osonlikcha qo'l ko'tarmaymiz.

Ertaga maksimal kayfiyatda to'p tepamiz. AGMKni yuqori ishtiyoq evaziga mag'lub etish mumkin. Futzalchida raqibga qaraganda g'alabaga tashnalik yuqori bo'lishi kerak”.

Husniddin Nishonov (AGMK futzalchisi): “Ertaga yaxshi o'yin bo'ladi. “Lokomotiv” yaxshi shakllangan jamoa sanaladi. Tarkib biroz yoshartirilganligini ko'rish mumkin. O'ylashimcha, ertaga kim ko'proq mehnat qilsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi. Ayni vaqtda bor diqqat etiborimiz bo'lajak uchrashuvga qaratilgan”.

AGMK jamoasi tarkibi

Bosh murabbiy – Aleksandr Petrov

Murabbiy – Andrey SHlema

 

#

Futzalchilar

1

Rustam Umarov

2

Abbosbek O'lmasbekov

3

Timur Berdiev

4

Ixtiyor Ropiev

5

Ilhomjon Hamroev

6

Abdulla Solixov

7

Davronjon Abdurahmonov

8

Husniddin Nishonov

9

Alan Aminov

10

Davron Valijonov

11

Artur Yunusov

12

Akobirjon SHokirjonov

15

Po'lat Olimov

17

Muzaffar Ahadjonov

19

Davron CHoriev

22

Anasxon Rahmatov

 

“Lokomotiv” jamoasi tarkibi

Bosh murabbiy – Ahad Yusupov

Murabbiy – Farhod Mirahmedov

#

Futzalchi

1

Klim Tyugaev

5

Jamshid Rasulov

7

Husniddin Ashurov

8

Mirzohid Haydarxo'jaev

9

Fotix Vosiqov

10

Sevastyan Mojaev

11

Jamoliddin SHaripov

12

Zabixillo Dolimov

13

SHerzod Xo'jayorov

19

Ilhomjon Karimov

22

Boburbek Ergashev

23

Xabibullox Muhammadjonov

24

Xayrulla Solixov

25

Ravshanbek Asqarjonov

33

Humoyun Sultonov

37

Sarvar SHoahmedov

 

Anons

AGMK va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogi bahsi ertaga soat 14:00 da start oladi. Mazkur bellashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

20 daqiqadan iborat ikki bo'limda g'olib aniqlanmasa, to'g'ridan-to'g'ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.


Futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogi

22 sentyabr, seshanba

14:00 AGMK – LOKOMOTIV

Olmaliq. OKMK sport majmuasi

Hakamlar: Askarbay Arzibekov, Farruh Muzaffarov, Sultonmurod Abdurahmonov

Vaqt uchun masul hakam: Nikita Afinogenov

Nazoratchi: Timur Abdullaev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика