Futzal. Dekabrdagi xalqaro turnirda Belarus terma jamoasi ham qatnashadi
29 okt 2014 18:25
Yangiliklar


Futzal. Dekabrdagi xalqaro turnirda Belarus terma jamoasi ham qatnashadi
SHu yilning dekabr oyida Toshkentda futzal bo'yicha xalqaro turnir o'tkaziladi.
SHu kunga qadar turnirda O'zbekiston, Qozog'iston va Ozarbayjon terma jamoalarining ishtirok etishi malum bo'lib ulgurgan edi. Bugun to'rtinchi ishtirokchining nomi ham malum bo'ldi. Belarus terma jamoasi O'zbekiston futzal associaciyasi tomonidan jo'natilgan taklifga ijobiy javob qaytardi. Demak, yilning so'nggi oyida bo'lib o'tadigan xalqaro turnirda O'zbekiston, Qozog'iston, Ozarbayjon hamda Belarus terma jamoari ishtirok etishadi. O'yinlar 1-3 dekabr kunlari "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Fikrlar