So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  125 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Futzal. “D” guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani Yangiliklar

Futzal. “D” guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani

Teglar :  Futzal
10 fevral kuni futzal bo'yicha Osiyo chempionati oldidan “C” guruhi murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
- Jamoaingiz musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'rdi?
Migel Rodrigo (Yaponiya bosh murabbiyi): “Osiyo chempionatiga 2 hafta tayyorgarlik ko'rdik. Menimcha musobaqadagi eng og'ir guruh aynan mana shu guruh hisoblanadi. Guruhda mundialga chiqishi mumkin bo'lgan 3ta jamoa bor. Bular Yaponiya, Qatar va Avstraliya. Maqsadimiz guruhdan chiqish va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish”.

Tiago Lino de Souza (Qatar): “Qatar terma jamoasi uchinchi bor qita chempionatida ishtirok etadi. Biz uchun bu musobaqa juda muhim, bizning mamlakat ishtirokchilar orasida eng mitti davlat hisoblanadi.  Qatarda 3 million aholi bor. 50 60 foizi ayollardan iborat deb hisoblasak tabiiyki futzalchilarni tanlash juda qiyin kechdi. Maqsadimiz kuchli sakkizlikka kirish. Bu orzu emas ko'p uxlaydiganlar orzu qiladi. Asosiy maqsadimiz kuchli sakkizlikka kirish. Mehnat qildik agar bunga erishsak juda ajoyib voqea bo'ladi. Guruh juda ham qiyin. SHunga qaramay guruhimizda kurashga boy bo'ladigan o'yinlar bo'lib o'tadi. Barcha murabbiylarga omad tilayman.

Marselo Koelo (Malayziya bosh murabbiyi): Malayziya ikkinchi bor Osiyo chempionatiga chiqdi. Bu musobaqa biz uchun juda muhim hisoblanadi. Bunday kuchli jamoalarga qarshi o'ynash orqali shogirdlarim tajriba to'plashadi. Maqsadimiz top-8ga kirish. Birinchi o'yinni Avstraliyaga qarshi o'tkazamiz. Qatar va Yaponiya ham juda kuchli jamoalar. To'g'ri ishlashda davom etsak nima uchun g'alaba qozona olmasligimiz kerak. Biz maqsadimizga erishishga harakat qilamiz.

Robert Varela (Avstraliya bosh murabbiyi): Barchaga xayrli kun. Terma jamoa bosh murabbiyi sifatida katta musobaqada ishtirok etish menga o'zgacha hayajon bag'ishlamoqda. Ortga yo'l yo'q faqat futzal o'ynash kerak va g'alaba qozonish kerak. Maqsadimiz Kolumbiya mamlakatiga borish.



- Musobaqa kashfiyoti bo'lishi mumkin bo'lgan futzalchi bormi? Ularning ismini ayta olasizmi?
Migel Rodrigo (Yaponiya bosh murabbiyi):
- Vetnam terma jamoasida 7-raqamdagi futzalchi. O'z jamoamdan esa darvozabon Seguichi.  

Tiago Lino de Souza (Qatar bosh murabbiyi)
: Men uchun ham darvozabonim eng yaxshi o'yinchi bo'lishini xohlardim.

Marselo Koelo (Malayziya bosh murabbiyi):
Biror bir futzalchini alohida ko'rsatib o'ta olmayman. Bu savolga butun jamoam deb javob bergan bo'lardim.

Robert Varela (Avstraliya bosh murabbiyi)
: Har bir murabbiy jamoadagi barcha futzalchilarga birdek munosabatda bo'ladi. SHunday ekan alohida bitta o'yinchini ko'rsata olmayman.

Migel Rodrigo (Yaponiya bosh murabbiyi): Qatar juda ham yaxshi jamoaga aylanib bo'ldi. Tarkibda ham kuchli ijrochilar etarli. Murabbiylar shtabi ham juda tajribali mutaxassislardan tarkib topgan. Murabbiylarning o'rni futzalda juda katta ahamiyatga ega. Bu o'yinda osonlik bilan yutish imkoni bo'lganida ajoyib bo'lardi. Ammo buning imkoni yo'q, sababi birinchi o'yin og'ir bo'ladi.

Tiago Lino de Souza (Qatar bosh murabbiyi): Biz Osiyo chempioniga qarshi o'ynaymiz. Ertaga bizni og'ir o'yin kutib turganini barcha biladi. Yaponiya juda kuchli jamoa, ammo musobaqa bitta o'yindan iborat emas. Maqsadimiz barcha uchrashuvlarda yaxshi harakat qilish. Bahs yakunlangach o'yinimizdan qoniqsak bo'lgani. O'yindan o'yinga kuchayib borishga harakat qilamiz.

Marselo Koelo (Malayziya bosh murabbiyi): Avstraliya terma jamoasida ikkita jihat bor. Ularda o'z kuchiga ishonishi bor va futzalchilarda ruhiy holatining yaxshiligi. Agar o'yinimiz qovushsa balki g'olib bo'larmiz.

Robert Varela (Avstraliya bosh murabbiyi): Malayziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Ammo bu bilan ertaga ham yutamiz degani emas. Har bir o'yin biz uchun finalga teng. Malayziya hujumda tezkor o'ynaydi, himoyada ham tartibli harakat qiladi. Ertangi o'yinda kuchli o'ynasa o'sha jamoa g'olib bo'ladi.

- Avstraliya avvalari Okeaniya mintaqasida qatnashardi va 4 marta chempion bo'lgan. Terma jamoaning Osiyoga ko'chib o'tishi qanchalik foyda keltirdi.
Robert Varela (Avstraliya bosh murabbiyi):
- Osiyoda eng kuchli emas, ammo kuchli 8ta jamoalar orasiga kiramiz. Osiyo chempionatida tarkibni tanlash va boshqa jihatlarni to'g'ri amalga oshirsak Jahon chempionatiga chiqamiz. To'g'ri Okeaniyada bo'lganimizda mundialga osonlik bilan yo'llanma olardik. Ammo Osiyoda ham buni amalga oshira olamiz.

- Osiyo chempionatida eng kuchli guruh qaysi?

Migel Rodrigo (Yaponiya bosh murabbiyi): Hozir shu guruhga qarab turibsiz (kuladi). Bizning guruh.

Tiago Lino de Souza (Qatar bosh murabbiyi):
D guruhi, yani bizning kvartet eng kuchlisi.

Marselo Koelo (Malayziya bosh murabbiyi):
Hamkasblarimning fikriga qo'shilmay ilojim yo'q.

Robert Varela (Avstraliya bosh murabbiyi):
Boshqa guruhdagi jamoalarga hurmatni saqlagan holda bizning guruhda eng kuchli va teng jamoalar yig'ilgan. Qog'ozda bizning guruh eng qiyini bo'lishi mumkin. Ammo doim ham oldindan qilingan taxminlar o'zini oqlamagan.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика