So’nggi yangiliklar

21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  0 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  1 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  4 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  0 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  8 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  3 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  16 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0

Futzal. “Bunyodkor” mashg'uloti. FOTO+Video Yangiliklar

Futzal. “Bunyodkor” mashg'uloti. FOTO+Video

Futzal jamoalarimiz yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayaptilar.
SHuni inobatga olgan holda mini futbol klublarimizning mashg'ulotlarini yoritib borishga harakat qilamiz. Bu borada dastlabki qahramonlarimiz Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi azolari bo'lishdi.

Klub mashg'ulotlarni “Bunyodkor” stadioni hududida joylashgan mini futbol zalida olib bormoqda. Mashg'ulotlarda quyidagi o'yinchilar ishtirok etishmoqda: Alisher Xolmuhamedov, Abbos O'lmasbekov, Asomiddin Jaloliddinov, Baxtiyor Umarov, Ulug'bek Abdullaev, Mashrab Odilov, Davron Valijonov, Dilmurod SHavkatov, Abdushukur Yasinov, Laziz Daliev, Alisher Ibragimov, Sardor Jabborov, Umid Qodirov, Azamat Komiljonov.

Avvalgi mavsumda harakat qilganlardan Asqar To'laganov klubni tark etgan, o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Bunyodkor” safida o'tkazgan Rustam Umarov esa ayni paytda yangi tuzilgan “Olmaliq” jamoasi tarkibida shug'ullanmoqda. Uning transfer huquqi “qaldirg'ochlar”ga tegishli, lekin darvozabon yangi mavsumni katta ehtimol bilan olmaliqliklar tarkibida boshlaydi. Bundan oldingi yillarda jamoaning o'ynovchi murabbiyi sifatida harakat qilib kelgan o'zbek futzalining eng yorqin yulduzlaridan biri Abdulla Bo'riev esa o'yinchilik faoliyatiga yakun yasagan edi. Endi u bor etiborini murabbiylik ishiga qaratishi mumkin. Qolgan o'yinchilar esa saqlab qolingan va ular bu mavsumni ham “Bunyodkor” tarkibida o'tkazishadi. Yangilarga keladigan bo'lsak, yig'inga chaqirilganlardan hozirga kelib faqat bitta o'yinchi olib qolindi, bu - Azamat Komiljonov. U bilan hali shartnoma imzolanmagan, hammasi Associaciya kubogidan so'ng malum bo'ladi.

Mashg'ulotlar jarayoniga kelsak, klub bazasida sport zali mavjudligi bois futzalchilar doimiy tarzda mashg'ulot olib borishmoqda. Biz tashrif buyurganimizda sportchilar engil yugurishni tugatib, chigalyozdi mashqlarini bajarishayotgan edi. Undan keyin to'psiz bir-birlarini quvib etib olishni mashq qilishdi, keyin esa gandbol o'ynaldi. Qo'l bilan o'ynalgan o'yindan keyin esa yigitlarning to'p bilan texnikasini oshiruvchi mashqlar berildi. Mashg'ulot jarayonining so'nggida esa odatiy tarzda ikkiga bo'linib o'zaro bellashishdi.

Bir so'z bilan aytganda “Bunyodkor”ning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni ko'ngildagidek davom etmoqda, klub oldiga esa bu mavsumda uchtalikka kirish vazifa qilib qo'yilgan.

Quyida "Bunyodkor" mashg'ulotidan fotogalereya va videoni tomosha qilishingiz mumkin.

P.S. “Bunyodkor” oxirgi mavsumda chempionat bronza medallari uchun “Turon-S” bilan bahsning yakunlanishiga 6 soniya qolganda g'alabani  qo'ldan chiqarishgan edi. Yangi mavsumda ularga omad tilab qolamiz.


sifatli turi


mobil turi


Tolibjon Qosimov
operator: Zoir Tursunboev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика