Futzal. Bugungi O'zbekiston - Tojikiston bahsi Olmaliqdan Toshkentga ko'chirildi

Tolibjon Qosimov
19 noya 2020
Xabaringiz bor, bugun Olmaliq shahrida futzal bo'yicha O'zbekiston hamda Tojikiston milliy terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishlari kerak edi.

Ammo, yurtimizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli bugun Olmaliq shahrida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan o'rtoqlik o'yini Toshkent shahriga ko'chirildi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv bugun "Bunyodkor" akademiyasi sport zalida soat 16:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, 17 noyabr kuni Bahodir Ahmedov shogirdlari Qirg'izistonni 2:1 hisobida mag'lub etishgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia