Futzal. Bugun Paragvayga qarshi bahs olib boramiz

Khoja
17 sen 2024, 07:18
Bugun futzal bo'yicha Jahon chempionatining 2-tur bahslariga start beriladi.

O'zbekiston futzal terma jamoasi ikkinchi turda Paragvay termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 20:00 da "Humo arena"da bo'lib o'tadi.

Ma'lumot uchun, 1-turda bugungi raqiblarimiz Kosta-Rika terma jamoasidan 5:2 hisobida ustun kelishgandi. O'zbekiston futzalchilari esa Niderlandiya bilan 3:3 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishgandi. O'sha o'yinning so'nggi soniyalarida mag'lubiyatdan qutulib qolgandik.


O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia