Futzal. Bugun 16:30. O'zbekiston - Livan
07 may 2014 08:16
Yangiliklar
Futzal. Bugun 16:30. O'zbekiston - Livan
Bugun Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi Vetnamdagi Osiyo chempionatida Livanga qarshi o'ynaydi.
Guruh bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazgan futzalchilarimiz yarim finalga chiqish uchun Livan to'sig'idan o'tishlari lozim.
Livan terma jamoasi o'z guruhida dastlab Xitoy Taypeini mag'lub etdi - 8:5. Ikkinchi turda Malayziyaga yirik hisobda taslim bo'ldi - 1:5. So'nggi hal quluvchi turda Tailand bilan jangovor durang (3:3) o'ynagan livanliklar chorak finalga chiqishdi.
Takidlash lozimki, O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichlarida Livanga qarshi ikki bor to'qnash kelgan.
2008 yilgi Tailandda qita chempionatida bir guruhdan o'rin olgan bu jamoalar o'rtasidagi bahsda O'zbekiston 5:1 hisobida g'alabaga erishgan. 2010 Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati guruh bosqichida ham bu jamoalar o'zaro kurash olib borishgan. O'z uyida o'ynagan O'zbekiston futzalchilari 3:1 hisobida zafar quchishgan.
13:30
Quvayt - Avstraliya
Tailand - Yaponiya
16:30
Eron - Vetnam
O'ZBEKISTON - Livan
Saytimizda o'yinlar imkon qadar batafsil yoritib boriladi.

Fikrlar