Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi “CHkalov Kubogi” musobaqasidagi ishtirokini boshladi
30 avg 2019 10:33
Yangiliklar


Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi “CHkalov Kubogi” musobaqasidagi ishtirokini boshladi
Oktyabrda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik olib borayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o'tkaziluvchi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Bugundan Nijniy Novgorodda 3-marta tashkil etilayotgan “CHkalov Kubogi” musobaqasi start oldi. Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Musobaqada bosh sovrin uchun shuningdek, Rossiya U-19 terma jamoasi, “Spartak” (Moskva) hamda “Orgxim” (Nijniy Novgorod) futzal klublari bahs olib borishadi. Har bir jamoa musobaqa davomida 3 tadan o'yin o'tkazadi.
Terma jamoamiz ilk o'yinni "Orgxim" klubiga qarshi o'tkazdi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“CHkalov Kubogi” musobaqasi
29 avgust – payshanba
"Orgxim" – O'zbekiston 3:1
Gollar: Sergey Denisov, Aleksandr Surik, Rustam Umarov (avtogol) - Husniddin Nishonov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar