So’nggi yangiliklar

18:18"Андерлехт" "Бавария" дарвозабонига қизиқмоқда  0 17:59Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  3 17:49"Бавария" вингери машғулотларга киришди  0 16:55Бьелса Уругвай терма жамоасига ҳаваскорлар лигасидан футболчи чақирди  1 16:28Магуайр жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмида майдонга туша олмайди  1 16:00Маккенни "Ювентус"да қолмоқчи  0 15:33"Навбаҳор" "Локомотив"га ҳеч қандай имконият қолдирмаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  9 15:11Марказий Осиё. Фақатгина Қозоғистонда етакчи ўзгарди, қолган мамлакатларнинг чемпионатларида ҳаммаси ўз ўрнида  3 14:59Шенсни яна "Арсенал"да ўйнайдими?  2 14:30Тен Хаг раҳбариятдан "Манчестер Юнайтед" таркибини кучайтиришни сўради  4 14:04Аргентина терма жамоаси ва "Барселона" собиқ бош мураббийи ҳаётдан кўз юмди  3 13:38"Бавария" Гвардиолани қайтаришни истамоқда  12 13:15Евро-2024да кийиниш хоналарида футболчиларга етарли жой бўлмаслиги мумкин  0 12:55Ўзбекистонни Олимпиадага олиб чиққан дўппи аукционга қўйилди! Ҳозирги нарх 20 миллион сўмдан ошди!   20 12:40Бугун бир қатор легионерларимиз ўйнайди  1

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekiston final ostonasida Eronga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekiston final ostonasida Eronga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi

Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi yarim finalidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Osiyo Kubogi

Yarim final

O'zbekiston – Eron 3:3 (4:5)

"Bangkok Arena". 19:00

Gol: Mashrab Odilov (avtogol) 6', Sunnatulla Jo'raev 7, 1:1, Abror Axmetzyanov 18, 2:1, Abror Axmetzyanov  24, 2:2, Behruz Azimihematabadi 28, 2:3, Abror Axmetzyanov, 35, 3:3

O'zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To'lqinov (dastlabki beshlik).

Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnatulla Jo'raev, 7.Dilshod Rahmatov, 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Axmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiev, 14.Samariddin Berkinov.

Eron: 1.Bagir Muhammadi, 5.Muhammadhussayn, 10.Salar Agapur, 11.Mahdi Karimi, 14.Behruz Azimihematabadi (dastlabki beshlik).

Zaxira: 2.Said Momeni, 3.Ali Halilvand, 4.Alirizo Rafiei, 6.Muhammadrizo Sangsefidi, 7.Ali Asgar, 8.Moslem Oladgobad, 9.Said Ahmad, 12.Ali Akrami, 13.Masud Yusuf.

Ogohlantirish: Moslem Oladgobad 15, Mashrab Odilov 20


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

O'zbekiston - Eron 4:5

O'zbekiston - Eron 4:5

O'zbekiston - Eron 4:4

O'zbekiston - Eron 3:4

O'zbekiston - Eron 3:3.  

O'zbekiston - Eron 2:3

O'zbekiston - Eron 2:2. 

O'zbekiston - Eron 1:2

O'zbekiston - Eron 1:1. 

O'zbekiston - Eron 0:1. 

O'zbekiston - Eron 0:1. 

O'zbekiston - Eron 0:1

Tugadi. Navbat penaltilar seriyasiga. 

10. Hech narsa yo'q. So'nggi soniyalar yonmoqda. 

10. Yaponiyalik hakamlar VAR orqali nimadirlarni ko'rishmoqda. 

10. ZARBAAAAA. UUUX. To'p Elmurodov turgan darvoza to'siniga tegdi. Yana Abbosi. Ichim shuv etib ketdi. 

10. So'nggi soniyalar. 24 soniya va keyin penaltilar seriyasi. 

8. ZARBAAA. Nishonovning zarbasi kuchsiz chiqdi. Ustunlik bizning tomonda. 

8. OGOHLANTIRISH. Alirizo Rafiei sariq kartochka bilan jazolandi. 

7. ZARBAAA. Ropiev zarba yo'llab ko'rdi. Eronlik kiper zarbani qiyinchilik bilan qaytardi. 

7. ZARBAA. Rahmatovning zarbasi o'ta noaniq. 

Ikkinchi ekstra taym boshlandi. 

Birinchi ekstra taym tugadi

5. UX. Abbosi qaychi usulda darvozamizga zarba yo'llab ko'rdi. Noaniq. 

4. Eron nimadir qilmoqchi bo'lyapti. O'yinchilarimiz munosib qarshilik ko'rsatmoqda. 

2. Aboooos Elmurodov penaltini qaytardi. 

2. Oltinchi foll. Eron penalti tepadi. 

5 daqiqadan 2ta ekstra-taymlarning birinchisi boshlandi. 

40. Ikkinchi bo'lim yakunlandi. Ekstra-taymlar ko'ramiz. 

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Bu o'zbekning irodasi, bu bizning yigitlarning irodasi evaziga urilgan gol. Hisob tenglashdi, 3:3

33. Abbosidan xavfli zarba. Elmurodovdan ajoyib seyv. 

32. Bizda standart vaziyat. Lekin samarasiz. 

28. GOL. Agapurning ajoyib uzatmasini Behruz Azimihematabadi golga aylantirdi. Eron UEFAga o'tsagina bizga chempionlik uchun yo'l ochilsa kerak. 

28. UX. Darvoza to'sini bizni goldan qutqardi. Karimining zarbasi zambarakaning o'qi kabi uchdi. 

27. 2 DAQIQALIK CHETLATISH. Afsus, Mashrab Odilov 2 daqiqaga chetlatildi. Mashrabsiz o'yinni davom ettirib turamiz. 

26. O'yin tempi o'rtacha davom etmoqda. 

24. GOL. Abror Axmetzyanov kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Keraksiz gol. 

23. Hech qanday penalti yo'q. 

23. Abbosi hakamdan chelenj so'radi. Hakam VARga murojaat qildi. 

21. VAH. Nishonov faollik ko'rsatdi. Sal qolsa avtogol bo'lardi. Bo'shashmaymiz. 

21. Muhammadi Eronni goldan qutqarib qoldi. O'zbekiston ikkinchi bo'limni juda faol boshladi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Olg'a, O'zbekiston!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus. 

20. Abooos Elmuroooodoooov. Yana bizni qutqarmoqda. 

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Nishonovning qulay uzatmasini Ahmetzyanov darvozaga burib yubordi. Hisobda oldindamiz. 

17.  Azimidan zarba. Noaniq.

15. OGOHLANTIRISH. Moslem Oladgobad, Eron

14. Yana Abbos mahoratini ko'rsatdi. Said Ahmadning kuchli zarbasini golga aylanishiga posbonimiz yo'l qo'ymadi. 

13. Abbos Elmurodovdan ajoyib seyv. U Agapurning zarbasini qaytardi. Balli Abbos.

12. O'yinchilarimiz raqiblarning hujumlariga yaxshi to'siq qo'ya olyapti. 

11. ZARBAAAAAA. Ilhom Hamroevning zarbasini eronlik kiper qaytardi. 

8. Abbos Elmurodov to'pga yaxshi chiqib keldi. Eronliklar yana boshladi, imkoniyat bermaymiz. 

7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Mana bu gol, mana bu super gol. Sunnatulla Jo'raev uzoq masofadan zarba yo'lladi, to'p raqib posboni oyoqlari orasidan o'tib ketdi. 

7. Yaponiyalik hakam VAR hakami bilan maslahatlashdi va qizil yo'qligini aytdi. 

6. Afsuski, gol o'tkazdik... Salar Agapur gol muallifiga aylandi. Mayli oldinga intilamiz. 

5. Eronning qarshi hujumi xavfli ko'rinish oldi, Elmurodov zarbani qaytarishga erishdi.

5. O'zbekistonlik futzalchilar ancha ishonchli harakat qilishmoqda. Tasanno! 

4. Zarbaaa! Dilshod Rahmatovning kuchli zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi. 

3. Vakillarimizdan To'lqinov va Hamroev yaxshi kombinaciya tashkil etishdi, biroq Ilhom Hamroevning zarbasidan keyin raqib posboni sergak turganini ko'rsatdi. 

1. O'yin boshlandi! 

Reyting: +45   

Fikrlar

+16   
26 apr 21:48:40
Tim Rut
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Афсус бироз омад етишмади. Аслида ўйинда ҳеч қайси томонлама қолишмаганди.
Man ulardan hafa emasman, yaxshi oʻyin qilib yutqazdi , penalti lotereya, kimga chiqsa oʻsha yutuq egasiga aylanadi... Balkim ular bilan oʻzimizda oʻtadigan Jch da , orani ochiq qilamiz?
+12   
26 apr 19:22:46
Музаффар Махмудов
Ўртоқлар, футзалда Эронни бурчакка тиқадиган кунларга келибмизку. Молодцы.
+11   
26 apr 21:53:01
barselona7
Tim Rut foydalanuvchining fikriga javob berish
Man ulardan hafa emasman, yaxshi oʻyin qilib yutqazdi , penalti lotereya, kimga chiqsa oʻsha yutuq egasiga aylanadi... Balkim ular bilan oʻzimizda oʻtadigan Jch da , orani ochiq qilamiz?
Ҳа ҳақиқатдан ҳам зўр ўйнашди.
+9   
26 apr 21:40:09
CA BOSS
Футзалчиларимиз ўйин бобида Эронга ютқазмади, фақат лотереяда омад кулиб боқмади.
РЕСПЕКТ..
Худо хохласа Андижонда ЖЧ чемпионлик учун асосий давогарлардан бўлаб қатнашамиз.
+9   
26 apr 21:32:09
ArsaBarsa
Futzalchilarimiz ham zo’r o’ynadi. Kim nima desa desin. Eron bilan shuncha o’ynash ham o’zi emas.
+8   
26 apr 21:40:04
Bu shunchaki o'yin
Профессор киска вактда шундай кучли футзал МТЖни тайёрлабдими, унга ишонишда давом этишимиз керак. Эрондан юткизганизга купам хафа эмасман. Рахмат йигитлар. Эрон устидан галабаЛАРимиз хали олдинда!
+7   
26 apr 21:59:22
Tolqinjon Aliyev
ХАММА ФУТЗАЛЧИЛАРГА , МУРАББИЙЛАРГА АЛОХИДА РАХМАТЛАР АЙТАМИЗ ,ЖАМОА БУГУН УЙИНДА ЮТКАЗМАДИ ГАРЧИ ПЕНАЛТИДАН ЮТКАЗГАН БУЛСАКДА ЙИГИТЛАР ЭРОНДАН УСТУНЛИК КИЛДИ.БОШ МУРАББИЙ ЖУДА ЗУР ТАЙЁРЛАБДИ , ЖАМОА ХАР ТАМОНЛАМА УСИШГА ЭРИШИБДИ.
+7   
26 apr 21:37:02
Бахтийор Ашуров
Мағлуб бўлсаям болалар яхши ўйнашди. Ўйин учун раҳмат!
+6   
26 apr 22:02:46
Salom_Madrid
Doim Eronga kelganda to‘xtab qolyabmiz. Lekin bugun yigitlarga rahmat aytib qolaman mardonavor harakat qilishdi. Barakalla.
+6   
26 apr 21:37:59
Жорж Веа
Болларга рахиат. Мардонавор ўйин. Зўр ҳаракат қилди Ўзбекистон!!!
+6   
26 apr 21:28:59
Tim Rut
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Худо хоҳласа. Ҳозирча яхши ўйнашяпти. Аммо иккита голни йўқ жойдан (автогол) дарвозамизга жойлаб қўйишгани асабга тегди бироз. Аммо ўйин бўйича форслардан қолишгани йўқ. Керак бўлса қўрқитиб ўйнашяпти.
Toʻgʻri, biz forslardan qoʻrqmaymiz , forslar bizdan qoʻrqsin...
+5   
26 apr 21:19:06
Tim Rut
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳозирча тўртта гол ҳаммасини футзалчиларимиз уришди. Энг қизиғи ҳисоб 2-2.Ишқилиб Эрон гол урмасдан ютиб кетмаса бўлди.
Niyatni yaxshi qiling , balkim yutarmiz , yoshlar yutdiku
+5   
26 apr 19:41:15
Tim Rut
Kamchilik boʻsak ham Uzbekistani qulab quvatlimiz , olgʻa Yigitlar ...bilmaganlar uchun oʻyini Forgen Languages tv da obervoti ...
+4   
26 apr 21:45:41
Zohid Urayimovich
Баракалла йигитлар! Сизлар билан бутун Ўзбекистон фаҳрланади
+4   
26 apr 21:41:19
Mirabbos|Fanat Real Madrid
Bu futzal terma jamoamiz men uchun Osiyodagi eng zo'ri. Men ular bilan faxrlanaman!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика