So’nggi yangiliklar

17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  1 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  1 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  15 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  8 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  5 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash. Eron va Tojikistonda g'alaba Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash. Eron va Tojikistonda g'alaba

2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmanistonda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar 12 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. 

OFK Osiyo chempionatiga saralashni to'rt mintaqaga bo'lib o'tkazishni maqul ko'rgan. Kecha Markaziy va Janubiy mintaqada saralash bahslari start oldi. O'zbekiston futzal terma jamoasi birinchi o'yinni Afg'onistonga qarshi o'tkazib, 6:2 hisobida zafar quchdi. SHuningdek, kecha guruhdoshimiz Tojikiston Nepalni, Eron esa Turkmanistonni mag'lub etdi. 

Malumot uchun, Markaziy va Janubiy mintaqadagi saralash o'yinlarida 7ta jamoa ishtirok etyapti. Jamoalar orasida Turkmaniston ham bor, biroq bu jamoa konkursdan tashqari qatnashmoqda.

Yakunda har ikki guruhdan birinchi-ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Agar Turkmaniston terma jamoasi guruhda birinchi yo ikkinchi o'rinni egallasa, unda eng yaxshi 3-o'rin egasi ham Osiyo chempionatiga boradi. Saralash o'yinlariga Eron mezbonlik qilyapti va 23-25 oktyabr oralig'ida o'tkaziladi. 


"A" guruhi - O'zbekiston, Tojikiston, Nepal, Afg'oniston. 


1-tur. 23 oktyabr

O'zbekiston - Afg'oniston 6:2; Tojikiston - Nepal 6:0


2-tur. 24 oktyabr

Afg'oniston - Tojikiston; Nepal - O'zbekiston


3-tur. 25 oktyabr

Nepal - Afg'oniston; O'zbekiston - Tojikiston 


"B" guruhi - Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston. 


1-tur. 23 oktyabr

Turkmaniston - Eron 0:4 


2-tur. 24 oktyabr

Qirg'iziston - Turkmaniston 


3-tur. 25 oktyabr

Eron - Qirg'iziston 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика