Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlanadi (VIDEO)
22 jan 2016 12:58
Yangiliklar
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga bag'ishlanadi (VIDEO)
Ana shu nufuzli turnirga bag'ishlab bir qator havaskor sportchilar jamoalari o'z musobaqalarini o'tkazishga qaror qilishdi.
23 yanvar, shanba kuni poytaxtimizdagi minifutbolga ixtisoslashgan “Futbol 20” sport majmuasi maydonida kechadigan jamoalar bahslari qiziqarli kechishiga shubha yo'q.
Maydonga chiqadigan jamoalar tarkibidan FIFA referisi Ravshan Ermatov sardorligidagi Oliy liga hakamlari, Rahimjon Obidov sardorligidagi O'zbekiston Oliy sudi xodimlari, Mirzahakim To'xtamirzaev shogirdlaridan iborat futbol jurnalistlari, Alisher Uzoqov, Davron Kabulov kabi aktyorlar, Milliy olimpiya qo'mitasi xodimlari, “O'zbeknavo” estrada birlashmasi vakillari, “Bunyodkor” futbol klubi xodimlari va boshqalar o'rin olishgan.
Bu kabi turnirlarni o'tkazish yaxshi ananaga aylanib bormoqda. Bundan avvalgi musobaqa 9 yanvar kuni tashkil etilgan va Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan edi. Musobaqadagi barcha gollar bilan maxsus videolavhada tanishishingiz mumkin.
TAS-IX
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar