

Mazkur chempionat o'yinlarini yoritishni istagan OAV xodimlari va jurnalistlar Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy sayti media kanalidan - media.the-afc.com zayavka berish orqali akkreditatsiya olishlari mumkin bo'ladi. OFK media kanalida ro'yxatdan o'tmagan OAV vakillari esa, dastlab yuqoridagi havolaga kirib ro'yxatdan o'tishlari, keyinchalik esa o'zlari yortishni istagan turnirga zayavka berishlari mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati bahslari 10 fevral kuni start oladi. Mazkur chempionat o'yinlari Toshkentdagi "O'zbekiston" hamda "Universal" sport majmualarida bo'lib o'tadi.
Takidlash joiz, 10-21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida dastlabki besh o'rinni egallagan terma jamoalar shu yili Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.



