So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  2 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  165 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

Futzal bo'yicha JCH. Qozog'istonliklar keldi! Igita etakchiligidagi terma jamoa amaldagi JCH g'olibining kunini ko'rsatdi! Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH. Qozog'istonliklar keldi! Igita etakchiligidagi terma jamoa amaldagi JCH g'olibining kunini ko'rsatdi!

Mundial nimchorak finali doirasidagi Portugaliya – Qozog'iston bahsi yakunlandi.

Jahon chempionati

1/8 final

Portugaliya – Qozog'iston 1:2 

Andijon. "Universal" sport majmuasi. 20:00

Gollar: Ziki 21' – CHingiz Essenamanov 11', Dauren Tursagulov 40'

Portugaliya (dastlabki beshlik): 1.Edu Souza, 8.Erik, 9.Joao Matos, 10.Bruno Koelo, 11.Pani.

Zaxira: 12.Andre Korreia, 2.Andre Koeelo, 3.Tomas Pako, 4.Afonso Jezus, 5.Fabio Sesilio, 6.Ziki, 7.Lusio Rosha, 13.Tiago Brito, 14.Kutchi.

Qozog'iston (dastlabki beshlik): 2.Igita, 5.Akjol Daribay, 10.CHingiz Essenamanov, 12.Dauren Tursagulov, 14.Duglas Junior.

Zaxira: 1.Narun Serikov, 3.Arnold Knaub, 4.Rinat Turegazin, 6.Abrirassil Abdumanapuli, 7.Azat Valiulin, 9.Albert Akbalikov, 11.Birjan Orazov, 13.Jahangir Rashit, 8.Leo.

Ogohlantirishlar: Dauren Tursagulov (14), Andre Koeelo (19).


SAHIFANI YANGILASH





BAHS YAKUNLANDI! QOZOG'ISTON CHORAK FINALDA! PORTUGALIYA UYIGA QAYTADI!

40. GOOOOOOOL! Dauren Tursagulov hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi! Dahshaaat! 

39. Bugungi bahsni tomosha qilish uchun "Universal" sport majmuasiga 2825 tomoshabin kelgani elon qilindi. 

38. Qozog'iston taym-aut oldi. Jamoa futzalchilari ancha charchab qolishdi, murabbiylar shogirdlarini dadilroq bo'lishga undamoqda. 

35. Uuux! Daaaahshaaat! Fabio Sesilio olisdan zarba berdi, Igita zarbani qaytarishga erishdi. 

34. Tiago Brito darvozani to'g'ridan to'g'ri burchak zarbasi orqali poylashga harakat qildi va chuchvarani xom sanagani malum bo'ldi. 

32. Zarbaaa! Leo Igitaning kuchli zarbasidan keyin himoyachilar to'pga tashlanib, yo'nalishini o'zgartirib yuborishdi.

31. Qozog'iston qarshi hujumga o'tib ketayotgan paytda CHingiz Essenamanovga nisbatan qoida buzildi. 

29. Uuuux! Birjan Orazovning xavfli zarbasidan so'ng to'p raqib vakiliga tegib, yo'nalishini biroz o'zgartirdi, sal qolsa qozog'istonliklar ikkinchi to'pni kiritishardi.

28. Igitaga nisbatan qo'pollik ishlatildi, Qozog'iston tomoni vaziyatni tekshirishni so'radi. Sal turib hakam vaziyat qizil kartochkaga tortmasligini elon qildi.  

27. Tomas Pako standartdan keyingi holatda darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo uning zarbasi aniq chiqmadi. Tomas tinimsiz zarba yo'llaydi, ehtimol, u turnirda eng ko'p zarba berayotgan futzalchi. 

26. Zarbaa! Duglas Juniorning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

 


25. Zarbaaa! Dauren Tursagulov darvozani aniq poylashiga bir baxya qoldi.

22. Zarbaa! Panining kuchli zarbasidan keyin Igita to'pni qaytardi! 

21. GOL! Brunoning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng Ziki fint bilan gol urdi – 1:1!

21. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffusga yo'l olamiz



20. Uuux! Afonso Jezusning zarbasidan keyin Igita o'zini ko'rsatdi. 

19. Zarba! Leo Igita muxlislarni yana bir bor xursand qilib, zarba berdi, biroq noaniq.

19. Andre Koeelo Duglas Juniorni yiqitgani uchun ogohlantirildi. 

17. Portugaliya jarima zarbasiga ega bo'ldi. Birjan Orazov qoidani buzdi va follar soni 4 taga etdi.

16. Portugaliya ketma-ket hujum uyushtirmoqda. Hujumlarning birida Lusio Rosha noaniq zarba yo'lladi. 

15. Muxlislar arena bo'ylab jonli to'lqin hosil qilishmoqda — atmosfera shunchaki super! Bu orada qozog'istonliklar taym-aut ham olishdi.

14. Dauren Tursagulov Panini turtib yuborgani uchun jarima belgilandi va Qozog'iston vakiliga sariq kartochka ko'rsatildi. 

11. GOOOOOL! CHingiz Essenamanov Duglasning pasidan keyin darvozani poylab, Souzani ojiz qoldirdi – 0:1! Bravo, bauirlar!

 


9. Zarbaaa! Leo Igitaning zarbasi hamkasbi Edu Souzani qiynab qo'ydi! 

8. Zarbaa! Duglas Junior bir futzalchini aldab, darvozani nishonga oldi, noaniq.

7. Igita katta sahnada! U Tomas Pakoning erlatib yo'llagan zarbasini bartaraf qildi. 

5. Tomas Pakoning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib qoldi va Portugaliya burchak zarbasi ishladi. Hozircha standartdan samara chiqmadi.

4. Zarba! Panining zarbasidan so'ng Duglas Junior jamoasi joniga ora kirdi va jamoasini goldan qutqardi. 

3. Uuux! Erikning kuchla zarbasidan so'ng Igita seyv namoyish qildi! U boshladi! 

3. CHingiz Essenamanov qo'pollik ishlatishga majbur bo'ldi va o'yindagi ilk fol qayd etildi. 

1. Qozog'istonda ilk xavfli vaziyat! Duglas Juniorning kuchli zarbasini darvozabon qaytarib qoldi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Futzalchilar parketga chiqib kelishdi. Ikki davlat madhiyasi yangradi. Qozog'iston madhiyasini butun arena jo'r bo'lib kuyladi. Bugun ko'plab qozog'istonliklar sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlash uchun Andijonga etib kelishgan. Ular qatoriga o'zbekistonliklar va qirg'izistonliklar ham qo'shilishdi. 

- Bugun Championat.asia ijodiy guruhi Andijondagi "Universal" sport majmuasida faoliyat olib boradi. Muxlislar bilan to'lib-toshgan uchrashuv 20:00 da start oladi. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика