So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  37 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

Futzal bo'yicha JCH-2024. Braziliya Argentinani mag'lub etib, olti karra jahon chempioniga aylandi Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH-2024. Braziliya Argentinani mag'lub etib, olti karra jahon chempioniga aylandi

Futzal bo'yicha JCH finali doirasidagi Braziliya - Argentina o'yini yakunlandi.

Jahon chempionati-2024

Final

Braziliya — Argentina 2:1

Gollar: Ferrao (05'47"), Rafa Santos (12'34") — Matias Rosa (38'00")

Braziliya: 3. Villiam, 7. Diego (s), 6. Marsel, 4. Marlon, 13. Rafa Santos

Zaxira: 12. Artur, 11. Ferrao, 1. Guitta, 9. Leandro Lino, 8. Marseno, 5. Negino, 10. Pito. 2. Ronkalo, 14. Valerio

Argentina: 1. Sarmiento, 13. Arrieta, 11. Brandi, 3. Klaudino, 14. Taborda

Zaxira: 4. Bolo Alemani, 9. Borruto, 6. Korso, 8. Gauna, 12. Kravecki, 5. Plaza, 7. Rosa, 2. Tripodi, 10. Vaporaki

Ogohlantirishlar: Plaza (03'07"), Pito (07'56"), Bolo Alemani (24'13"), Rafa Santos (29'27"), Ferrao (35'25"), Lusiano Gauna (35'25").

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi. Braziliya olti karra jahon chempioni!

39. Klaudinoning zarbasi biroz noaniq ketdi.

38. GOL! Matias Rosa hisobni qisqartirdi!

Argentina taym-ayt oldi.

36. Janjallashib qolgan ikki jamoa o'yinchilari ogohlantirildi.

33. Valerio qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

31. Xavfli vaziyat! Rosa deyarli bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi.

Finalni 9029 tomoshabin "Humo Arena"dan kuzatmoqda.

30. Rafa Santos fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

Braziliya taym-ayt oldi.

27. Zarba! Alemaning chap qanotdan yo'llagan zarbasini Braziliya darvoazboni qaytardi.

26. Arturning jarimadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

25. Alemani raqib o'yinchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

24. Neginoning zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

21. Klaudinoning kuchli zarbasini Villian qaytardi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Futzal bo'yicha JCH finalini ko'rish uchun "Humo Arena"ga kelgan martabali shaxslar

Janni Infantino — FIFA prezidenti

Ednaldo Rodriges — Braziliya futbol konfederaciyasi prezidenti

Abdulla Aripov — O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri

Abdusalom Azizov — O'FA prezidenti

Majid Rashid — Osiyo Paralimpiya qo'mitasi prezidenti 

Otabek Umarov — Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti

Adham Ikramov — O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri

Xavi Rodriges — futzal bo'yicha 2 karra jahon chempioni

Taym yakunlandi.

18. Zarba! Braziliyaning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, Sarmiento to'pni qaytardi.

17. Zarba! Rosaning murakkab zarbasini Villian oyoqlari bilan qaytardi.

16. Zarba! Gaunaning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasini Braziliya darvozaboni qaytardi.

14. Argentinaning o'ta xavfli hujumini raqib darvozaboni va himoyachilari qiyinchilik bilan qaytardi.

Argentina taym-aut oldi.

13. GOL! Braziliyalik 13-raqamli futzalchi Rafa Santos 13-daqiqada hisobdagi farqni oshirdi!

10. Diego raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda uni aldab o'tdi, ammo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborgani bois zarba yo'llay olmadi.

8. Argentinalik futzalchiga nisbatan qo'pollik ishlatildi. VAR ehtimoliy chetlatishni ko'rib chiqdi, lekin yakunda Pitoga sariq kartochka ko'rsatildi.

Braziliya taym-aut oldi.

7. Arrieta kichik jarohat oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

6. GOL! Ferrao Braziliyani hisobda oldinga olib chiqdi!

6. Zarba! Neginoning chap oyoqda yo'llagan zarbasini Argentina darvozaboni qaytardi.

4. Zarba! Marloninng zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

4. Plaza Ferraoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

4. Zarba! Ferrao bir raqibini ortda qoldirib, raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda zarba yo'lladi, biroz noaniq.

2. Avval Klaudino, so'ngra qarshi hujumda Marlon xavfli zarba yo'lladi.

1. O'yin boshlandi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика